Abu Ali ibn Sino maktabi
2.85K subscribers
4.81K photos
734 videos
270 files
871 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiyaning Global Jamiyat Instituti hamkorligida "STEM tadqiqot qobiliyatlari va XXI asr mahoratlarini yanada oshirish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilgan ushbu tadbir "Oʻzbek maktablarida STEM tadqiqot koʻnikmalarini va 21-asr kompetensiyalarini kuchaytirish" pilot loyihasi doirasida oʻtkazilgan boʻlib, unda ishtirokchilar texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) yo‘nalishlarida kasbiy va akademik rivojlanishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar boʻyicha oʻz malakalarini oshirdi.

Shuningdek, muammolarni birgalikda hal qilish, matematik va ilmiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish, ishonchli baholash usullari yuzasidan taqdimotlar havola etildi. Trening davomida oʻqituvchilarning STEM tadqiqot metodologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Seminarda Agentlikning hududlarda joylashgan Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablaridan 50 dan ortiq malakali oʻqituvchilar ishtirok etdi.

"Oʻzbek maktablarida STEM tadqiqot koʻnikmalarini va 21-asr kompetensiyalarini kuchaytirish" pilot loyihasining asosiy maqsadi – oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlikda muammolarni hal qilish hamda matematik va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini oʻlchash imkonini beruvchi shaffof va lokalizatsiyalangan raqamli baholash vositalarini joriy qilishdan iborat.

Shuningdek, loyiha doirasida oʻquvchilarning STEM kompetensiyalarini sun‘iy intellektga asoslangan baholash tizimi orqali aniqlash va bu orqali ta’lim muhitining samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
#Behbudiy_150_yil

"Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmati bilan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi."

Sadriddin Ayniy


Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab, 10-sinf o'quvchilari uchun "Padarkush" asari asosida savol-javoblar ko'rinishidagi adabiyot va kitobxonlik bahsi bo'lib o'tdi.

🔻 Natijalarga ko'ra:
I o'rin - 10-"A" sinf;
II o'rin - 10-"V" sinf;
III o'rin - 10-"B" sinf
.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#davra_suhbati

📣 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning ma’naviy savodxonligini oshirish maqsadida taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirokida “Globallashayotgan dunyo va yangilanayotgan O‘zbekiston” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

✔️ Suhbat davomida Qobilbek Karimbekov o‘quvchilarga yurtimiz va dunyo siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

✔️ Qobilbek Karimbekov davra suhbati mobaynida O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o‘rniga to‘xtalib, shunday tinch va musaffo osmoni bor mamlakatda yashayotganimizga har qancha shukur qilsak arzishini bildirdi.

⚡️ Davra suhbati ko‘tarinki ruhda o‘tdi va suhbat so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
#Xalqaro_ona_tili_kuni

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni.

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Dunyo tillari – do‘stlik va birlik ko‘prigi” nomli ona tillari festivali bo‘lib o‘tdi.

Til yordamida odamlar o‘z fikrlarini, istaklarini, hissiyotlarini ifoda etadilar. Insoniyat til orqali dunyoda barcha ishlarni amalga oshiradi. Tilsiz ishlash, fan, texnika, hunarmandchilik va san’atni rivojlantirishning iloji yo‘q.

Odatda, inson birinchi bo‘lib o‘rgangan tili – ona tili bo‘ladi. Dunyo tillarga boy, har bir xalqning o‘z tili bor. Bu tilda so‘zlashadi, xat yozadi, she’rlar bitadi, qo‘shiqlar kuylanadi. Bu – ona tilidir.

Bugungi tadbirda 8-D, 8-E, 7-E, 10-V, 9-B sinf o‘quvchilari rus, nemis, ingliz, frantsuz, ispan, italyan, arab, turk, koreys va yapon tillarini bilish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook