Abu Ali ibn Sino maktabi
3.37K subscribers
5.14K photos
750 videos
270 files
949 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gʻoliblarning ustozlari ham gʻolib: 11 million soʻmdan 18 million so‘mga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi 346-son Qaroriga koʻra:

xalqaro (astronomiya, geografiya, iqtisod va xorijiy tillar) olimpiadalarning:

oltin medal sohiblariga — 56,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
kumush medal sohiblariga — 37,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
bronza medal sohiblariga — 18,75 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm.


mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning:

oltin medal sohiblariga — 4,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
kumush medal sohiblariga — 3,0 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
bronza medal sohiblariga — 2,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm beriladi.

👉 Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.

Bundan tashqari, oʻquvchini olimpiadalarga tayyorlagan oʻqituvchining malaka toifasi bir pogʻona koʻtariladi, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qilgan kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏 Qaysi maktab yetakchi: Abu Ali ibn Sino maktabida — 3 ta, Al-Xorazmiy maktabida — 2 ta medal

📍 Joriy yilda nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar, xususan:

56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi oltin medali sohibi, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Daler Rahimov — 187,5 mln. soʻm bilan;

65-Xalqaro Matematika olimpiadasi kumush medal sohiblari:

Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Elbek Zohidjonov, Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Toʻlqin Jaylovovlarning har biri — 112,5 mln. soʻm bilan;

56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi kumush medal sohiblari:

Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Axrorbek Baxodirov, Navoiy shahridagi 11-son ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Saida Abdullayevalarning har biri — 112,5 mln. soʻm bilan;

65-Xalqaro Matematika olimpiadasi bronza medali sohiblari:

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 96-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Madina Suyunova, Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Ozodbek Axtamov hamda shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi Rasulbek Gʻafforovlarning har biri — 75 mln. soʻm bilan;

54-Xalqaro Fizika olimpiadasi bronza medali sohibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf oʻquvchisi Javohir Sadullayev — 75 mln. soʻm bilan;

56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi bronza medali sohibi, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Mirjaxon Muxammadov — 75 mln. soʻm bilan;

36-Xalqaro Informatika olimpiadasi bronza medali sohibi, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Mardonbek Hazratov — 75 mln. soʻm bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mukofot haqiqiy egasiga topshirildi

Bahodirov Ahrorbek 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritdi va navbatdagi xalqaro olimpiadadagi ishtiroki sabab taqdirlash marosimiga kela olmadi. Haqli ravishda 112 500 000 so‘m miqdordagi pul mukofoti qahramonimizning onalari Mahmuda opaga topshirildi.

Mahmuda opa, rahmat sizga, o‘g‘lingizni kitobga, ilmga qiziqtirganingiz uchun rahmat, o‘z yutuqlaringizdan farzandingiz yutuqlarini ustun qo‘yganingiz uchun rahmat!

Men uchun Mahmuda opa kabi onalar zamonamiz qahramoni. Jamiyatimizda sizdek onalar ko‘payishini xohlayman. Bilim bilan topilgan pul yaxshiliklarga buyursin!

@hilola_umarova
#tashrif

"Japan Education Fair" ko'rgazmasi doirasida yapon delegatsiyasi kunchiqar mamlakat universitetlarida ta'lim olish bilan bog'liq ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida O'zbekistonning bir qator ta'lim muassasalarida bo'ldilar.

📌 Yuqoridagi ta'lim muassasalari qatorida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Kioto ilm-fan universiteti (KAUS) vakili, universitetning xalqaro idorasi bo'limi boshlig'i Ms. Yuka Omote tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ms. Yuka Omote o'quvchilar bilan qiziqarli davra suhbati olib bordi. Ingliz tilida bo'lib o'tgan suhbat davomida o'quvchilar faol ishtirok etishdi hamda ushbu universitet, unda ta'lim olish uchun belgilangan talablar, qabul jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda tashkil etilgan yo'nalishlar (fakultetlar) haqida kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook