Abu Ali ibn Sino maktabi
2.81K subscribers
4.59K photos
731 videos
270 files
836 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Direktor_soati
#Ma'naviyat_soati

📣 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Direktor soati" va "Ma'naviyat soati" o'tkazildi


✔️ Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd), maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich 9-sinf o'quvchilari bilan "Salomlashish odobimiz - bu nilliy madaniyat, o'zaro hurmat-izzat, jamiyatimiz jipsligi!" mavzusida "Direktor soati" o'tkazdi.

✔️ Direktor soati davomida o'quvchilar bilan nafaqat o'zbek, balki boshqa millatlarning ham milliy madaniyati va qadriyat belgisi hisoblangan salomlashish odobi haqida suhbat olib borildi.

✔️ Shuningdek, maktabning qolgan sinflarida sinf rahbarlar va pedagog-tarbiyachilar boshchiligda tabiatni asrash, maktablarda bio xilma-xillikni oshirishda Eko-maktablarning o'rni mavzusida "Ma'naviyat soati" bo'lib o'tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Zakovat_ligasi

📌 Xabaringiz bor, "Zakovat NNT" tomonidan "O'quvchilar va talaba-o'quvchilar ligasi"ning bahorgi mavsumiga start berilgan edi.

📔 Kuni kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ''Zakovat'' jamoasi ushbu liganing Toshkent shahar bosqichi 3-tur o'yinlarida ishtirok etib qaytishdi.

📍Eslatib o'tamiz, liganing Toshkent shahridagi o'yinlari Zakovat arena binosida bo'lib o'tmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#eco_school
#taʻlim_integratsiyasi

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida fizika va ekologiya fanlaridan integratsiyalashgan dars tashkil etildi

✔️ Dars mashg'uloti maktabning fizika fani o'qituvchisi Gadoyeva Ruxsora Ahatovna tomonidan 9-sinf o'quvchilari uchun "Issiqlik mashinalari va tabiat muhofazasi" mavzusida olib borildi.

🔻Dars davomida o'quvchilar issiqlik mashinalarining foydali va zarali tomonlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishdi. Darsda debat, bahs-munozara metodlaridan foydalanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Farmon_amalda
#Seminar_trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-apreldagi 55-PF-son farmonining 1-bandi a) xatboshida belgilangan Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Yakshanba kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Tolipova Jamila Olimjonovna "O‘quvchilarning innovatsion g'oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish" mavzusida o‘quvchlar uchun seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar-treningda farmonning mazmun-mohiyatini keng ochib berildi, xususan, “Fan kengashi” va "Bitiruvchilar kengashi" hamda “Yosh akademiklar” klubining ahamiyati haqida qayd etildi.

Shuningdek, maktabda besh yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Kichik akademiklar” klubi faoliyatini yanada kuchaytirish hamda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida o'quvchilarning mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Ertalabki_saflanish

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ertalabki saflanish" tadbiri bo'lib o'tdi

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli kuylash bilan boshlandi.

✔️Tadbir davomida o'quvchilar o'tgan hafta davomida erishilgan yutuqlar, yangiliklar hamda O'zbekistonda, ta'limda qabul qilingan yangi qarorlar bilan tanishtirildi, shuningdek maktabning ichki-tartib qoidalari yana bir bor eslatildi.

✔️ Bundan tashqari, biologiya va kimyo fanlaridan "Milliy sertifikat" olgan 23 ta 10- va 11-sinf o'quvchilariga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#MDH_yoshlari

Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti

📌 Joriy yilning 15-16 aprel kunlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” tadbirining 42 nafar ishtirokchilari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar maktab hayoti, unda yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv xonalari va laboratoriyalar hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif so'ngida, Belarusiya ta'lim vaziri o'rinbosari Petrutskaya Yekaterina Aleksandrovna O‘zbekiston Respublikasida ta'limga berilayotgan e'tiborning namunasi sifatida maktabimiz haqida ijobiy va iliq fikrlar bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook