Abu Ali ibn Sino maktabi
2.81K subscribers
4.61K photos
731 videos
270 files
838 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Direktor_soati

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Direktor soati" bo'lib o'tdi

✔️ Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd), maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich tomonidan 7-sinf o'quvchilari bilan "Salomlashish odobimiz - bu o'zaro izzat, jamiyatimiz jipsligi" mavzusida "Direktor soati" o'tkazildi.

✔️ Direktor soati davomida o'quvchilar bilan nafaqat o'zbek, balki boshqa millatlarning ham milliy madaniyati va qadriyat belgisi hisoblangan salomlashish odobi haqida suhbat olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#ChSB_sinovlari

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda III chorak ChSB (chorak summativ baholash) sinovlari boshlandi

ChSB sinovlari Agentlikdan biriktirilgan 2 nafar mas'ul xodimlar tomonidan muvofiqlashtirilib, nazorat qilinmoqda.

Ma'umot o'rnida , maktabning 7-8-sinflar oflayn, 9-10-11-sinflar onlayn tarzida CHSB sinovlarini topshiradilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#CHSB_jarayoni

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda III chorak CHSB (chorak summativ baholash) sinovlari qizg'in davom etmoqda

📸 Yuqorida ushbu jarayondan foto lavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Prezident_qarori_amalda

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 7-iyuldagi "Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–309-son qarori tegishli bandining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-17 - mart kunlari 5 nafar o'quvchilar 1 nafar xodim mas'ulligida Uzbekiston GTL MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O'quvchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi amaliyot bilan tanishdilar, so'ng soha faxriylari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Xususan, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida “Uzbekistan GTL” MChJ bosh direktori Alisher Bahodirov kasbga yo'naltirish bo'yicha o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi, shuningdek ularga vaqtdan unumli foydalanish, til o'rganishi, kelajakda yetuk kadr bo‘lib shakllanishlari uchun avvalo yaxshi o‘qish va kamida bitta kasbni egallashlari zarurligi bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini hayotiy misollar bilan ochib berdi.

🟢 “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan maktab o‘quvchilari va mas’ul o‘qituvchi uchun Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishidagi temir yo‘l chiptalari, zamonaviy yotoqxona va ovqatlanish bepul ta’minlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook