Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
730 videos
270 files
830 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Ilmiy_ish_himoyasi

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida "Maktabning ilmiy kengashi"da 8-"A" - sinf o‘quvchilari ilmiy rahbarlari ko‘magida amalga oshirgan ilmiy izlanishlarining dastlabki natijalarini taqdimot shaklida himoya qildilar.

📸 Yuqorida ushbu jarayondan fotolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarining yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktor_soati

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Direktor soati" bo'lib o'tdi

"Direktor soati" texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd), maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich tomonidan 7-sinf o'quvchilari uchun "Mobil qurilmalar, ta'lim- tarbiya jarayonida ularning o'rni" mavzusida o'tkazildi.

☑️ "Direktor soati" davomida o'quvchilarga bugungi kunda mobil qurilmalar, smartfonlar va gadjetlarning foydali va zararli tomonlari haqida ochiq muloqot va videoroliklar orqali keng tushuntirib berildi.

☑️ Shuningdek, vatanimizning otin fondi deya ta'riflanayotgan bugungi yoshlarimizga kelajakda qanday kadrlar bo'lishlari lozimligi va ular oldida turgan dolzarb vazifalar alohida ta'kidlab o'tildi. So'ng, "Da'vat xizmatchisi" videofilmi namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Ilmiy_ish_himoyasi

📌 Bugun o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot ishlariga bo‘lgan ko‘nikmalarini shakllantirish va yuqori natijalarga erishishlariga zamin yaratish maqsadida "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida 8 "G" – sinf o‘quvchilarining biologiya va kimyo yo‘nalishidagi mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasi bo'lib o'tdi

📸 Yuqorida 8-"G" sinf o'quvchilarining mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasidan fotolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook