Abu Ali ibn Sino maktabi
2.81K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
834 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada

Biz siz bilan faxrlanamiz!

✍️ Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi bo'lib o'tdi.

🔵 Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari umumiy hisobda 5 medalni ( 3 ta kumush va 2 ta bronza) qo'lga kiritdi.

🔵 Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Daler Rahimov kumush medal sohibiga aylandi.

Ma'lumot o'rnida, Daler Rahimov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan.

☀️ Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Tanlov

Tanlov go'liblari taqdirlandi

📣 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- baxtimiz qomusi" shiori ostida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini va insholar tanlovi g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Xususan:

🥇"Zakovat" intellektual o'yini mutloq g'olibi 9-"G" sinfning "Everest" jamoasi bo'ldi.

🔻"Konstitutsiya- baxtimiz qomusi" shiori ostida o'tkazilgan inshoolar tanlovida:

🥇To'lanboyeva Dilfuza - 10- "A" sinf
🥈Abdushukurova Nozima - 8- "B" sinf
🥉Abdullajonova Hilola - 9 - "G" sinf

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ O'quvchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishmoqda

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "Biologiya" fanidan yuqori ball to'plab "Milliy sertifikat" ga ega bo'lishdi.

✔️ Jumladan:
Yo'ldoshqo'ziyeva Nargiza- 95,5 ball
Qodirova Nodira - 87,9 ball

❗️ Ma'lumot uchun "Milliy sertifikat" olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori (100 ball) ballning kamida 60 foizini to'plash zarur. "Milliy sertifikat" ning amal qilish muddati 3 yil.

O'quvchilarimizga bundanda yuqori yutuqlarga erishishini tilab qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Direktor_soati

✍️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 8-sinf o'quvchilari bilan "Direktor soati" o'tkazildi.
Maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich o'quvchilarning vazifasi, burchi va majburuyatlari, mustaqil ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasiga puxta tayyorgarlik ko'rish, qish mavsumida elektr energiyasi, suv va issiqlikdan maqsadli foydalanish hamda yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rishda vazirlikning ko'rsatmasida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini to'liq bajarish, pirotexnika vositalaridan foqdalanish man etilganligi va uning fojiali oqibatlari haqida tushintirdi (videorolik namoyish etildi).

Shuningdek, 9-d sinfning faol o'quvchilari tomonidan "Eko-maktab" loihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Ertalabki_saflanish

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoalshtirilgan maktabida navbatdagi "Ertalabki saflanish" tadbiri bo'lib o'tdi

Tadbir O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini jonli kuylash bilan boshlandi.
So'ng o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mazkur haftada belgilangan dolzarb vazifalar qayd etib o'tildi.

Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Madhiyam- mening faxrim" shiori ostida sinflararo o'tkazilgan madhiyani jonli kuylash tanlovi go'liblari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida, barcha o'quvchilar jo'r ovodlikda "Maktab madhiyasi"ni kuyladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Direktor_soati

📣 7-sinf o'quvchilari uchun "Ta'lim sifati samaradorligini yanada oshirishda-mening o'rnim" mavzusida "Direktor soati" bo'lib o'tdi

Maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich ayni kunda ta'lim jarayonida olib borilayotgan islohatlar,  o'quvchilarga yaratilgan qulay shart sharoitlardan unumli foydalanish lozimligi va mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari,  ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish, kitobxonlik, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, o‘z gullari, qushlari, jonivorlarini parvarishi bilan shug‘ullanishlari hamda ko‘paytirishi, shuningdek, "Eko-maktab " loihasida faol bo‘lish va 2028-yilgacha mo‘ljallangan strategik rejalarini shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi  va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔴 Bundan tashqari, ayni kunning dolzarb muammosi bo'lgan piratexnika vositalari va ularning zararlari haqida film namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook