Abu Ali ibn Sino maktabi
3.82K subscribers
5.2K photos
752 videos
270 files
965 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Uchrashuv

πŸ“£ Kuni kecha Abu Ali ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabida "Teatr ijodkorlari o'quvchilar davrasida" shiori ostida sevimli va mahoratli aktyorlar bilan uchrashuv o'tkazildi

βœ… Mehmonlarimiz O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov hamda yosh sevimli serqirra ijodkor Baxodir Fozilov bo'lishdi. Davra suhbati samimiy tarzda, qiziqarli savol-javoblarga boy holda o'tdi.

βœ… Tesha Mo'minov o'zining bolaligi, ota-onasi bilan munosabati, Toshkentga ko'chib kelish azobi va farzandlari, sahnadagi ijod yo'li haqida o'quvchilarga so'zlab bergan bo'lsa, Bahodir Fozilov esa turli masallar aytib berib, taqlid san'atidan namunalar ko'rsatdi.

βœ… O'quvchilarimiz teatr, sahna asarlarini jonli tomosha qilish orqali o'zlariga ma'naviy ozuqa olishdi. Bo'lib o'tgan qiziqarli uchrashuv uchun sevimli aktyorlarimizga minnatdorchilik bildirib, ular bilan yana kengroq doirada uchrashuvlar o'tkazish istagini bildirishdi.

Bizni jtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

πŸ“£ Abu Ali ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabida "Teatr ijodkorlari o'quvchilar davrasida" shiori ostida sevimli va mahoratli aktyorlar, O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov hamda yosh serqirra ijodkor Baxodir Fozilov bilan o'tkazilgan ijodiy uchrashuvdan videolavha.

Bizni jtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#ochiq_dars

πŸ“£ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan ingliz tili fanidan "Life in the future. What will you put in your time capsule?" mavzusida ingliz tili fani o'qituvchisi Nilufar Nosirova tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

πŸ”»Darsda o'quvchilarni mustaqil fikrlashlari va til o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun:
βž– jigsaw puzzle;
βž– matching words texnologiyalardan hamda βž–write the letter for the future usulidan foydalanildi.

πŸ“Œ O'quvchilarni qiziqtirish maqsadida maxsus kapsulaga (Time Capsule) kelajakka maktub yozib berkitishdi va uni maktab bitirish yilida ochib erishilgan va qilinmagan ishlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Psixologik_trening

πŸ“£ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida psixologik trening bo'lib o'tdi

🟒 Maktab psixologi Zayntdinova Nodira Abdurashidovna va pedagog-tarbiyachi Ismoilova Mavjuda Nigmatovna hamkorligida 7 -"Ye" sinf oβ€˜quvchilari bilan "Temperament va uning xususiyatlari" , "Kayfiyat" va "O'z o'rningni top" mavzularida ijtimoiy-psixologik trening o'tkazildi.

πŸ”΄ Trening davomida o'quvchilar ta'lim-tarbiya, tengdoshlar o'rtasidagi do'stona munosabat va kasbga yo'naltirish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Barkamol_avlod_yil_direktori_tanlovi

πŸ“£ Kuni kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika Barkamol avlod maktabining "Yil direktori" tanlovining yakuniy bosqichi o'tkazildi.

βœ”οΈ Tanlovda respublikamizning barcha hududlaridan saralash bosqichida g'olib bo'lgan 14 nafar direktorlar faol ishtirok etdilar.

βœ”οΈ Tanlov yakunida g'oliblar aniqlandi va ular munosib rag'batlantirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook