Abu Ali ibn Sino maktabi
2.84K subscribers
4.63K photos
731 videos
270 files
841 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari "Kichik tibbiy xodim" oʻquv-kursining amaliy mashgʻulotini oʻtkazish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasida boʻldi

Amaliy mashgʻulotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining Intensiv terapiya, nevrologiya, nefrologiya, revmotologiya, kardioreabilitatsiya, fizioterapiya va jarrohlik boʻlimlarida travmotolog-ortoped shifokor Abdulaziz Toshpo'latov hamda Intensiv terapiya bo'limi shifokori Nazokat Maxmudjonova tomonidan olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#100_foizlik_grant

⚡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishmoqda

Jumladan, maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Abubakrsiddiq Rustamov AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

💰Grant miqdori 108 ming AQSH dollari (yiliga 27 ming AQSH dollaridan).

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# Olimpiada_boshlandi

Kechadan Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida umumta'lim maktablari, nodavlat ta'lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari o'quvchilari o'rtasida 2023/2024-o'quv yilida umumta'lim fanlari bo'yicha asosiy olimpiadaning 3-(shahar) bosqichi boshlandi.

❇️ Olimpiadaning birinchi bosqichida barcha 9-11- sinf o‘quvchilari ishtirok etib, to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 30 nafar o'quvchi ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

🔰Unda o'quvchilar 4 – 9-noyabr kunlari o'tadigan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi g'oliblarini aniqlab berishadi.

🖌 Maktabning matbuot xizmati
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda

Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L'atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.

📌Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.

✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ўқув_тренинг
#француз_тили

Umumta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili darsliklarining yurtimiz maktablarida keng joriy qilish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 8-noyabriga qadar o‘tkaziladi.

📌 Dastlabki o‘quv-trening kunidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IHT
#sammit

📆 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Maktabning "Eko maktab" harakati a'zolari tomonidan "YASHIL MAKON" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar.
#Eco_union

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining "Eco-school union" jamoasi tomonidan "Yashil makon" loyihasi doirasida maktabning bo'sh hududlarini ko'kalamzorlashtirish maqsadida turli xildagi daraxt ko'chatlari ekildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#Olimpiada_yakunlandi

📢 Xabaringiz bor, joriy yilning 6-9-noyabr kunlari umumta'lim fanlari bo'yicha bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

🟢 Bugun, ushbu fan olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i N. Xusanbayeva, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari R.Ergashev va vazirlikning mas'ul xodimi diplom va pul mukofotlari bilan taqdirladilar.

📣 Asosiy fan olimpiadasining yakuniy natijasiga ko'ra,

🧬 BIOLOGIYA fanidan:
9-sinf

I o'rin - Rahmatullayev Ahror
II o'rin - Izzatullayev Ozodbek
III o'rin - Akbarov Muzaffar

10-sinf
I o'rin - G'ofurova Rayhona
II o'rin - Yoqubjonov Abdurahmon
III o'rin - Xolboyev Ruslan

11-sinf
I o'rin - Qurbonboyev Sardor
II o'rin - Qodirova Nodira

🧪 KIMYO fanidan:

9-sinf
I o'rin -
Orifova Hulkar

10-sinf
III o'rin - Adhamov Elyor

11-sinf
II o'rin - Bahodirov Ahror
III o'rin - Sotvoldiyeva Shoxista

G'olib va sovrindor o'rinlarni egallagan o'quvchilarimizga yutuqlari bardavom bo'lishini tilaymiz!!!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook