Abu Ali ibn Sino maktabi
3.07K subscribers
5.05K photos
744 videos
270 files
929 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#1_oktabr_bayrami

✔️ lm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyosdir.

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr-"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

✔️ Tadbirda ilm yo'lida jonbozlik qilayotgan aziz ustozlarimiz uchun ajoyib sahna ko'rinishlari namoyish etilib, tabriklar va ularni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar kuylandi.

✔️ Bayram tadbiriga estrada xonandasi Sardor Bekmurodov tashrif buyurdi va o'zining go'zal kuy-qo'shiqlari bilan barcha o'qituvchilarimizni xushnud etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
#Memorandum

📌 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan dunyoning 20 ta davlatida o'tkazilgan yana bir oflayn platforma xalqaro jismoniy-texnik test - "QAROR QILING!" loyihasi taqdim etildi.

Loyiha koordinatori Yu.Yakimenko (Rossiya Federatsiyasi) 300 dan ortiq maktab ishtirokchilari biologiya, matematika, informatika va fizika fanlaridan test sinovlaridan qanday o‘tganini kuzatdi.

❗️Mazkur olimpiadaning asosiy maqsadi: ilm-fan va ta’limni ommalashtirishdan iborat.

MIPTni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun "PHYSTECH-SOYUZ" uyushmasi va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'rtasida o'zaro hamkorlikni ta'minlash to'g'risida "Memorandum" imzolandi.

Memorandumni imzolashda, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori J.S.Kamolov va loyiha koordinatori (RF) Yakimenko ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#5_tashabbus

📌 Joriy yilning 5-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari poytaxtimizning ko‘ngilochar maskanida bo'ldilar.

✔️ Dastavval Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’da barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurildi. U yerda oʻquvchilar Milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek mutafakkirlari, yozuvchi hamda shoirlarining hayot va faoliyatlari bilan tanishishdi.

✔️ Soʻngra "Magic City" zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ida bo'ldilar. Yaqin yillarda yevropacha uslubda bunyod etilgan bu dam olish maskaniga kirish bilan diqqat-eʼtiborni ko‘m-ko‘k bo‘lib chayqalib turgan suv havzasi tortdi. Chor-atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan bu maskanda dam oluvchilar ehtiyojiga mos barcha imkoniyatlar yaratilgan.

😊 Poytaxtimizga uyushtirilgan sayohat o'quvchilar uchun esda qolarli bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook