Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#ko'rgazma

๐Ÿ“ฃ Kecha, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 81-ixtisoslashgan maktabida "Eco-school" loyihasi doirasida "Zamin" fondi bilan hamkorlikda "startup" loyihalar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

โœ”๏ธ Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan hamda ixtisoslashgan maktab o'quvchilari o'z loyihalari bilan qatnashishdi.

โœ”๏ธ Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Biogomus" olish, "Tuproqning kimyoviy holatini o'rganish", "Suvni tejash" kabi ixtiro loyihalari bilan ishtirok etdilar.

๐Ÿ‘‡Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#Badantarbiya

โšก๏ธ Sport sog'lik garovi !

๐ŸŸข Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boโ€˜gโ€˜imlarni harakatchan, qomatning toโ€˜gโ€˜ri shakllanishiga yordam beradi. Barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror aโ€™zosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taโ€™sir etadi.

๐ŸŸข Bugun maktabimiz o'quvchilari erta tongdan jimoniy tarbiya o'qituvchisi Jumanazarova Guljanoy boshchiligida tongi badantarbiya mashqalarini bajarishdi.


๐Ÿ”บYuqorida ushbu jarayondan fotolavahalar!

๐Ÿ‘‡Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#Taqdirlash_marosimi
#Kรตrik_tanlov
#Raqamli_texnologiya_yoshlar_nigohida

๐Ÿ“Œ Joriy yilning 30-iyunidan 20-avgustiga qadar Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligida Abu Ali ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlikda Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o'quvchi-yoshlarga bag'ishlangan ilmiy-texnikaviy tahliliy ommabop nashr hisoblangan "INNOVATOR" jurnali o'quvchi-yoshlar o'rtasida "Raqamli texnologiya-yoshlar nigohida" nomli tanlov e'lon qilgan edi.

โ˜‘๏ธ Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Belgilangan muddat ichida 100 ga yaqin qatnashchilardan qiziqarli videolavha va suratlar yuborildi.

โ˜‘๏ธ Kecha, "Raqamli texnologiya-yoshlar nigohida" tanlovida ishtirok etgan va g'olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

โœ… Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ushbu taqdirlash marosimiga tashrif buyurdilar va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

๐Ÿ‘‡Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#Juma_oqshomi

๐Ÿ“ฃ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida maktabning 9-sinf o'quvchilar tomonidan "Juma oqshom" tadbiri o'tkazildi

Tadbir davomida o'quvchilar quyidagi shartlar bo'yicha bahs olib bordilar:
โž–Shar yorish;
โž–Jonli ijroda qo'shiq kuylash;
โž–Berilgan mahsulotni kim birinchi yeyish;
โž–Oyoqlar bog'langan holda yurish.

โœจ Bu galgi tadbir har doimgidan-da qiziqarli va quvnoq kayfiyatda o'tib, o'quvchilarga o'zgacha kayfiyat bahsh etdi.

๐Ÿ‘‡Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ZOKIR BOBONOV
#Ecoschool
#Tรตgarak

๐Ÿ“ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Ecoschool to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi

๐Ÿ”ต Unda o'quvchilar to'garak rahbari Turopova Pirzoda Majidovna boshchiligida maktab issiqxonasida parvarish qilinayotgan gullardan foydalanib, "Gul ko'chatlarini ko'chirib ekish" mavzusida ham nazariy, ham amaliy bilimlarga ega bo'ldilar.

๐ŸŸข Bundan tashqari o'quvchilar o'zlari yetishtirgan gullarni maktab hovlisiga ko'chirib ekib, "Ko'za ichidagi guldasta" ko'rinishida yangicha landshaft muhit yaratdilar.

๐Ÿ˜Š Kundan kunga maktabimiz hududida gullar soni, ularning turlari va navlari ko'payib bormoqda. Bu esa maktab chiroyiga yanada chiroy baxsh etyapti. Albatta bularning barchasi o'quvchilarimizning mehnatkashligidandir.

๐Ÿ‘‡Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook