Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
831 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Musobaqa

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining xotin-qizlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida sportning "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🏐 Musobaqa jarayonida maktab o'qituvchilari, pedagog-tarbiyachilar hamda texnik xodimlar faol ishtirok etdilar. Ular o'rtasidagi musobaqa qizg'in va murosasiz bahs bo'lib o'tdi.

🟢Musobaqa yakuniga ko'ra pedagog-tarbiyachilar ayollar jamoasi mutloq g'oliblikni qo'lga kiritishdi va maktab kasaba-uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🔺Yuqorida ushbu jarayondan fotolavhalar !

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoa a'zolari ma'lum bo'ldi

Avval xabar berganimizdek, 15-16-aprel kunlari kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi (yakuniy) D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi.

2 kun davomida o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari xalqaro fan olimpiadalari talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Saralash olimpiadasi yakunlari bo'yicha 4 nafar iqtidorli o'quvchi nufuzli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

1. Azizbek Nazarov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Abdulloh Mahmudov — Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Sohibjon Dilmurodov — Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Shaxzoda Xakimova — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.

57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida (MChO 2023)

Bundan tashqari, joriy yilning 30-aprel — 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini 6 nafar o'quvchi himoya qilishi belgilangan.

Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchi 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:

5.Biloliddin Zuhriddinov
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6.Azizbek Xafizov — Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;

Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tibbiyot_Akademiyasi
#Hamkorlik

🟢 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini o'rganish va o'zlashtirishga bo'lgan intilishini rag'batlantirish , o'quvchilarni tibbiy savodxonligi oshirish va shu yo'nalishida chuqur bilimga ega bo'lishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda kasbga yo'naltirish maqsadida o'quvchilar uchun 36 soatlik o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

🟢 Jumladan, bugun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xodimlari tibbiyot fanlari doktori, 2-sonli ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti Eshmurzayeva Aida Abduganiyevna hamda 2-sonli ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Xudayberganova Noila Hamitovna tomonidan o'quv mashg'ulotlari olib borildi.

🔴 Esalatib o'tamiz, 36 soatlik o'quv mashg'ulotlarining 6 soati tibbiyot klinikalarida, 10 soati esa klinika o'quv laborotoriyalarida o'tqazilishi rejalashtirilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
# Xalqaro forum

Kuni kecha A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi. Innovatsion rivojlanish agentligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan o'zaro hamkorligida ''Digital scientific resources'' forumi bo'lib o'tdi.
Kunning birinchi yarmida ilmiy ma'lumotlardan foydalanish va nashr etish faolligiga bag'ishlangan 7-Milliy ilmiy ta'lim forumi tashkil etildi. Mazkur forumning yalpi majlisida Rossiya, AQSH, Turkiya, Buyuk Britaniya ishbilarmon doirasi vakillari mazmunli ma'ruza tinglandi.
Kunning ikkinchi yarmida Rossiyalik Rytov Aleksandor Vladimirovich tomonidan umumta'lim maktablari o'quv jarayonida foydalanish uchun EBSCO elektron resurslar orqali ta'lim sifatini orttirish muammolari bo'yicha davra suxbati bo'lib o'tdi.
Maktabning pedagog kadrlari faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi. Kelgusida agentlik tomonidan ko'rsatiladigan amaliy yordam natijasida EBSCO axborot xizmatlari markazi bilan shartnoma rasmiylashtirishga kelishib olindi.
Forumda AQSH, Rossiya, Turkiya, Buyuk Britaniya davlatlari va O'zbekiston Respublikasi, xususan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi vakillari ishtirok etdilar.
Kunning yarmiga kelib, EBCO axborot xizmatlari, Rossiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha vakili Rytov Aleksandr Vladimirovich mahorat darslari olib borildi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
[ Альбом ]
#Tabiatni_asraylik

📌 22-aprel - "Butunjahon Ona Yer kuni"

Shu munosabat Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8- sinflar o'rtasida "Ona tabiatni asraylik" mavzusida bilimlar bellashuvi bo'lib o'tdi.

🔰 Bolalarni biologiya va geografiya faniga yanada qiziqtirish, ona tabiatga bo'lgan muhabbatini oshirish ,oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishini orttirish hamda tabiiy resurslardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish maqsadida qiziqarli shartlar asosida tadbir tashkil etildi.

⚡️Musobaqa davomida 7-sinf o'quvchilari 3 ta shart bo'yicha bellashishdi:

1️⃣ "Jonli burchak"
2️⃣ "Ekologiyani asraylik"
3️⃣ "Xona gullarini parvarishlash "

⚡️ 8- sinf oʻquvchilari esa quyidagi shartlar asosida bahs olib borishdi:

1️⃣
"Gul ekish texnologiyasi"
2️⃣ "Birinchi tibbiy yordam"
3️⃣ "Chiqindisiz hayot "

🔰 Bu bilan o'quvchilar biologiya va geografiya fanlaridan oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda hayotiy koʻnikmalar,sahna koʻrinishlari kabi qiziqarli taqdimotlar orqali amaliyotda koʻrsatib berdilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook