Abu Ali ibn Sino maktabi
2.84K subscribers
4.64K photos
731 videos
270 files
843 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Психологичекой_тренинг

📌Увлекательный тренинг  был проведен в специализированной школе имени Абу Али ибн Сино для  учеников 7-го "Д" класса

⚜️ Задачи тренинга:
формирование у учащихся коммуникативных навыков, умения сотрудничать и сплочение  коллектива

⚜️Цель тренинга: снимает психологическую зажатость, развивают реакцию и равновесие, повышает подвижность суставов

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor

📌 O'quvchilarimiz xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishmoqda

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-B sinf o'quvchisi Axmedov Beknur Amerika Qo'shma Shtatlarida top-15 universitetlar qatoriga kiruvchi Whitworth Universitydan qabul xati oldi.
💲Shuningdek — 120 000 AQSh dollari miqdoridagi grant sohibiga aylandi.

👏 Axmedov Beknurga bundan keyingi o'qishlarida omadlar tilaymiz!

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
#Bizning _shunday_o'quvchilarimiz_bor

📌 O'quvchilarimiz yuqori natiajalari bilan bizni xursand qilishmoqda

🔰 2022-yil 18-dekabr kuni fizika va kimyo fanlari bo‘yicha "Milliy sertifikat" imtihoni o'tkazilgan edi.

🔰 Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-B sinf o'quvchisi Tursunov Shamshodbek 79.9 ball bilan "Milliy sertifikat"ni qo'lga kiritdi.

❗️ Ma'lumot uchun "Milliy sertifikat" olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to'plash zarur. "Milliy sertifikat" ning amal qilish muddati 3 yil.

O'quvchimizga bundanda yuqori yutuqlarga erishishini tilab qolamiz!

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
TAYINLOV

Prezident qarori bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi

Аlisher Ubbiyev
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jarayon
#Steam_olimpiadasi

Joriy yilning 31- yanvar - 3 frvral kunlari o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda  xalqaro olimpiadalarga saralab olish  maqsadida 7-11-sinf o’quvchilari o’rtasida Agentlikning “STEAM" (biologiya, kimyo, matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "KIMYO" fanidan olimpiada 2 bosqichda yozma va test sinovlari shaklida shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o'rnida aytib o’tish lozimki, olimpiadani natijalariga ko'ra eng yuqori ball to’plagan o’quvchilar keyingi bosqichga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
#Xushxabar

❗️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tassarrufidagi Prezident, Ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida O'zbekiston qahramoni Erkin Vohidov tavalludning 86 yilligi munosabati bilan "Tong nafasi ilhomlari" an'anaviy respublika tanlovi o'tkazilgan edi.

🥈Unda, Abu ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Drama" yo'nalishida "Oltin Devor" spektakli bilan ishtirok etib faxrli 2-o'rinni egallashdi.

Maktab ma'muriyati: O'quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz!

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
#Muzeyga_tashrif

Joriy yilning 3-fevral kuni O'zbekiston Badiiy Akademyasi Kamoliddin Behzod nomidagi sharq miniatyura sa'nat muzeyida rassom B.Hajimetov va yosh miniaturachi rassomlarning hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Kamoliddin Behzod tavalludiga bag'ishlangan "Sharq nafis sa'nati yoshlar nigohida" ko'rgazmali tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-9-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.
Sharq miniatyura sanʼati muzeyida o'quvchilar miniatyura sanʼatiga oid asarlar, nodir qoʻlyozma va toshbosmalar, tarixiy hujjatlar, amaliy sanʼat asarlari va boshqa eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
“Ютуқ пулини ота-онамга бердим, машина олишди” — Халқаро Менделеев олимпиадаси ғолиби билан суҳбат

Азимжон Жамолов – 56-Менделеев олимпиадасида олтин, Хитойда ўтказилган 54-Халқаро кимё олимпиадасида кумуш медални қўлга киритган. Ва шу ютуқлари сабаб ҳозир “Янги Ўзбекистон” университетига грант асосида ўқияпти. Бундан ташқари, Азимжон “Мард ўғлон” давлат мукофотини ҳам қўлга киритди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Yurtimizda bir-biridan iste'dodli yoshlar ko'p. Ularning har biri O'zbekistonning ertasi, bizning umidimizdir.

Ayni damda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi Azimjon Jamolov xuddi shunday yoshlardan biri hisoblanadi.

❗️U o'tgan yili yurtimizda bo'lib o'tgan 56-Mendeleyev olimpiadasida oltin, Xitoyda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Azimjon “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi hamdir.

Kun.uz internet nashri o'quvchimiz bilan intervyu tashkil qildi. Unda Azimjon xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, o'z oldiga qo'ygan maqsadlari hamda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ta'kidlash joizki, Azimjon kabi yurtimiz bayrog'ini baland ko'taradigan yoshlar tom ma'noda bizning iftixorimizdir. Aynan ular mamlakatimizning yangi tarixini yozishadi.

👉Azimjonning intervyusi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://kun.uz/67598011