Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Самарқанддаги Конгресс марказида давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлиб турган Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинни расмий кутиб олиш маросими бўлди.
—
В Конгресс-центре Самарканда состоялась церемония официальной встречи Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина, пребывающего в нашей стране с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.
Safar chog‘ida delegatsiya Pekin til va madaniyat universitetiga tashrif buyurib, oliygoh vakillariga O‘zbekiston ta’lim tizimi hamda Agentlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda xitoy tilini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, mazkur tashabbus doirasida universitetdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Pekin til va madaniyat universiteti xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha ushbu universitetda 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan.
Delegatsiya, shuningdek, "Beijing National Day" maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, hamda sun’iy intellekt fanini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur maktab 1954-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning eng ilg‘or maktablaridan biri hisoblanadi. Maktabning Pekin kampusida hozirda 5000 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu maktabda Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xitoy_safari
🗣 Tashrif doirasida bir qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Safar chog‘ida delegatsiya Pekin til va madaniyat universitetiga tashrif buyurib, oliygoh vakillariga O‘zbekiston ta’lim tizimi hamda Agentlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda xitoy tilini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, mazkur tashabbus doirasida universitetdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Pekin til va madaniyat universiteti xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha ushbu universitetda 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan.
Delegatsiya, shuningdek, "Beijing National Day" maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, hamda sun’iy intellekt fanini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur maktab 1954-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning eng ilg‘or maktablaridan biri hisoblanadi. Maktabning Pekin kampusida hozirda 5000 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu maktabda Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Avval, xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.
Agentlik delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy tilini o‘qitish markaziga tashrif buyurib, markaz rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Tashrif avvalida Agentlik vakillari ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvning asosiy qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev O‘zbekiston ta’lim tizimi, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻqitish jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
Tomonlar hamkorlikda xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitish bo‘yicha oʻquv dasturlari va darsliklarni moslashtirish, xitoylik mutaxassislarni Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga jalb etish hamda xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun HSK imtihonlarini aynan taʼlim maskanlarining oʻzida tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflar almashildi.
Agentlik delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv dasturlari va darsliklar tadqiqoti institutiga ham tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va darsliklarni O‘zbekiston standartlari hamda milliy madaniyatidan kelib chiqqan holda moslashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

👍7👏2🤝1