I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
2.02K subscribers
16.4K photos
2.41K videos
172 files
7.09K links
Instagram: https://www.instagram.com/i.yusupov_mektebi?igsh=anYyM3FteDZhcGRq

Telegram: https://t.iss.one/i_yusupov_mektebi

Mektep direktorı: https://t.iss.one/Ruslantashimov3110

☎️Baylanıs ushın: (361) 223-20-24
Download Telegram
#chelenj
#Ayt_sen_Ajiniyozning_qo‘shiqlaridan

Ajiniyoz Qo‘sibay o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan chelenj uchun.

ELLARIM BORDIR

So'rasang elimni, Qojban , bizlardan,
Qalpog'i qozonday ellarim bordir.
Xato chiqsa, kechiringlar so'zlardan,
Xitoy, Qo'ng'irot otli ellarim bordir.

Yaylovim Urganchdir, shimoli —dengiz,
Yag'rini qopqoqday mollari semiz,
Ruxsatsiz bir-biriga solmas iz,
Birikkan Qo'ng'irot ellarim bordir.

👇👇👇👇👇👇👇

to'liq o'qish uchun

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍4👌1
#chelenj
#Ayt_sen_Ajiniyozning_qo‘shiqlaridan

Ajiniyoz Qo‘sibay o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan chelenj uchun.

BO‘LUR

Qora tog‘ning baland boshi
Qorli bo‘lur, qorsiz bo‘lur.
Bir er yigit yot ellarda
Molli bo‘lur, molsiz bo‘lur.

Bahor o‘tib, kelsa yozlar,
Sollanishar sarvinozlar,
“Quv-quv”lagan oqqu-g‘ozlar
Ko‘lli bo‘lur, .....

she'rni davomini o'qing va chelenjda ishtirok eting

👇👇👇👇👇👇👇
davomi shu erda

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍1
#chelenj
#Ayt_sen_Ajiniyozning_qo‘shiqlaridan

Ajiniyoz Qo‘sibay o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan chelenj uchun.

MAYDON IСhINDA

Yaxshi yigit kurash kuni
Sinalur maydon ichinda.
Mard bilan nomardning farqi
Bilinur maydon ichinda.

Bo‘lib o‘z ishinga puxta,
Bedovdan ayirma nuxta,
Nomard qulog‘i kar, luqma
Eshitmas maydon ichinda.

Qayg‘u-mehnat bo‘ldi yorim,
Сhiqmas ko‘ngildan g‘uborim,
Kecha-kunduz ohu zorim,
Qolibman hayron ichinda.

Kezdim g‘ariblik yo‘linda,
G‘arq bo‘lib hijron ko'linda,
Yusufdek Misr elinda
Qolibman zindon ichinda.

Alloh soldi har xil yo‘la,
Har kimsadan qilmang gina,
Majnun kabi chiqib cho‘la,
Qolibman giryon ichinda.

Ko‘p savdo kechdi boshimdan,
Sel bo‘ldi ko‘zlar yoshimdan,
Ayrilib tengi-to‘shimdan,
Qolibman hijron ichinda.

Qoraqalpoq tilidan Rustam MUSURMON tarjimasi.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
3👍2🔥1