I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
1.62K subscribers
12.9K photos
2.17K videos
170 files
5.82K links
Instagram: https://www.instagram.com/i.yusupov_mektebi?igsh=anYyM3FteDZhcGRq

Telegram: https://t.iss.one/i_yusupov_mektebi

Mektep direktorı: https://t.iss.one/Ruslantashimov3110

☎️Baylanıs ushın: (361) 223-20-24
Download Telegram
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#Seminar_trening

Ta'lim muasassalari rahbarlarini zamon talablariga mos va ta'lim sohasida dunyo standartlaridan xabardor bo'lishini ta'minlash, o'z jamoasini bir maqsad sari birlashtira oladigan haqiqiy lider qilib tayorlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan shu yilning 7-10-fevral kunlari "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" mavzusida Respublika bo'ylab seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

❇️Bugun I.Yusupov nomidagi ijod maktabida boshlangan seminar-treningda Taxiatosh tumani umumta'lim maktablari direktorlari qatnashmoqda.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Zamanagóy_mektep_liderler_názerinde
#Seminar_trening

Bilimlendiriw mákemeleri basshıların zaman talaplarına say hám dúnya standartlarınan xabardar bolıwların támiyinlew, óz jámáátin bir maqset átirapında birlestire alatuǵın haqıyqıy liderler etip tayarlaw maqsetinde Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrligi tárepinen usı jıldıń 7-10-fevral kúnleri “Zamanagóy mektep liderler názerinde” atamasında Respublika boylap seminar-treningler shólkemlestirilmekte.

❇️Búgin I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebinde baslanǵan seminar-treningte Taqiyatas rayonı ulıwma orta bilim beriw mektepleri direktorları qatnaspaqta.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Seminar_trening

Búgin mektebimizde "Jaslar-keleshegimiz" fondı Qaraqalpaqstan Respublikası filialı qánigeleri Gúlbaxar Bazarbaeva hám Jumanazarova Albina tárepinen oqıwshılardı onlayn kásipke úyretiw hám isbilermenlik penen shuǵıllanıwǵa qızıǵıwshı oqıwshılar ushın seminar-trening shólkemlestirildi.

🟢Seminar-trening dawamında qánigeler oqıwshılarǵa isbilermenlik háreketin shólkemlestiriwdi finanslıq qollap-quwatlawǵa tayın ekenligin bildirdi.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#seminar_trening

🗓 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰Unda ijod maktabining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o'qituvchilari ishtirok etdi.

⚡️ Treningda qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Agentligimiz huzuridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrining Yunusobod, Yakkasaroy, Mirobod, hamda Olmazor tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining pedagog xodimlari uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Seminar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📌Búgin, Hamid Olimjon hám Zulfiya atındaǵı dóretiwshilik mektebinde bolıp atırǵan "Avgust ayı keńesi" seminar-treningi start aldı.

🔆I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi jámááti
seminar-treningde belsene qatnaspaqta.

Website  |  Telegram  |  Instagram  |  YouTube  |  Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM