I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
1.82K subscribers
13.6K photos
2.21K videos
170 files
6.06K links
Instagram: https://www.instagram.com/i.yusupov_mektebi?igsh=anYyM3FteDZhcGRq

Telegram: https://t.iss.one/i_yusupov_mektebi

Mektep direktorı: https://t.iss.one/Ruslantashimov3110

☎️Baylanıs ushın: (361) 223-20-24
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar sarhisobi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


Bugungi qahramonlarimiz Raqamli avlod qizlari tanlovida g'olib bo'lish, Birlashgan Arab Amirliklari va Londonga ta'lim sayohatlari, hayotida foydali bo'lgan bilimlarni egallash va Mutolaa loyihasida ishlash kabi muvaffaqiyatlari bilan ortoqlashishdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @newuucontact_bot

💫Sarhisob davom etadi...

🔁 English

#talabalar #yutuqlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

2024-yilgi eng qimmat yutuq – sarhisob

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga ilk o'qishga qabul qilingan talabalarimizdan Nurislombek Mahkamjonxojizoda o'qish davomida erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdi.

⚡️ U o'zi asos solgan va President Tech award tanlovida 1-o'ringa loyiq ko'rilib, 100 ming dollar miqdorida mukofot bilan taqdirlangan Oygul loyihasi haqida ham gapirib berdi.

💥 Shuningdek, Nurislombek o'qishning birinchi kunlaridanoq talabalar orasida faollik va ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida Talabalar kengashiga asos solgan hamda kengashning ilk prezidenti sifatida 3 yil faoliyat yuritgan.

🔁 English

#tanlov #oygul

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Taqdirlash va yil sarhisobiga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi

Bugun “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgandan buyon amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, universitet hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh xodim hamda professor-oʻqituvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

🚛 Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va universitetning bir guruh talaba, xodim va professor-oʻqituvchilariga turli esdalik sovgʻalari topshirdi.

💥 Shuningdek, universitetimizning eng faol 4 nafar vakili Xalq ta'limi a'lochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

⚡️ Universitet bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan Huawei kompaniyasi vakillari ham taqdirlanib, universitetda Huawei ICT akademiyasi ochilish marosimi oʻtkazildi.

🔁 English

#taqdirlash #sarhisob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM