Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
658 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎗Bugungi Ma'naviyat va ma'rifat soati Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag'ishlandi.

💐Oʻquvchilar Ahmadqulova Vazira, Hamroqulova Shahzoda bugungi kundagi oʻzbek tiliga berilayotgan eʼtibor, olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida gapirdi.

Sinf rahbar Sh. Mamadaliyeva mashg'ulotni tarix, adabiyot fanlari bilan bog'liq holda tashkil etib, tilimiz yuksalishi uchun jon bergan ajdodlarimiz  to'g'risida ma'lumot berdi.

💫Mashgʻulotda videolavha namoyish etildi. Bu videolavhada Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qilib chiqqan hamyurtlarimizning jasoratini koʻrib oʻquvchilarimizning koʻzlari yoshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting.
⚡️Biz  ijtimoiy  tarmoqlarda.
Telegram| Instagra | Facebok | You Tube | Web-sayt
#Ona_tilim_faxrim
#Davra_suhbati

🏢 Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📖 21- oktabr Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan 10- sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️Suhbatda pedagog-tarbiyachi tomonidan oʻzbek tilining tadrijiy taraqqiyoti toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar, davlat tili maqomining huquqiy asoslari yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi.
⚡️Oʻquvchilar til - insonning yuksak madaniyatini, chuqur bilimini, tafakkurini namoyish qiluvhi vosita ekanligi, undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz zarurligini taʼkidlab, hozirgi kunda oʻzaro soʻzlashuv va yozma savodxonlikda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va xatolar toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

❇️ Mashgʻulot foydali va samarali boʻldi.

Bizni kuzatishda davom eting

♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram |Facebook |Web-sayt| Instagram |You Tube
#Ona_tilim_faxrim
#Kitob_taqdimoti

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚📚 Ijod maktabi kutubxonasida 21-oktyabr- "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda sharq mutafakkiri Kaykovusning "Qobusnoma" asari haqida maʼlumot berildi.

⚡️ Taqdimotni oʻquvchilar sharq mutafakkirlarining muomala madaniyati va notiqlik sanʼati haqidagi fikrlari, qit'a, ruboiy, hikmatli soʻzlardan iqtiboslar keltirish bilan boshlashdi.

Oʻquvchilar Kaykovusning "Ey farzand, soʻzning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, soʻzlaringni maʼnoli gapir, bu notiqlikning alomatidir!!, degan fikrini bahsli munozara asosida tahlil qildilar.

🌈 Taqdimot qiziqarli boʻlib, oʻquvchilarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting.

❇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web -sayt
#Ona_tilim_faxrim


🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚 O'zbek tili bayramiga bag'ishlab "O'zbek tili-milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida "Ona tilimfaxrim" mavzusida 8-"B" sinf o'quvchilari oʻrtasida bellashuv o'tkazildi.Bu bellashuv quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
1. Til haqida maqollar aytish
2. Lug'at diktant
3. Onamga maktub
4. Iboralar mazmunini sharhlash

📝1- shart boʻyicha oʻʻquvchilar o'zbek xalqining til haqidagi qator maqollarini aytishgan boʻlsa, ikkinchi shartda tarbiyachi-pedagog tomonidan imlosi qiyin bo'lgan so'zlardan lug'at diktant olindi.
Navbatdagi shartda onalariga maktub yozishib, o'z qo'llari bilan yasagan xat jildlariga solishdi va bunda ishlatgan iboralar mazmunini sharhlashdi.

🥇Baratova Sevinch barcha shartlardan yuqori natija koʻrsatib, g'olib bo'ldi.

🧮 Bellashuvda barcha o'quvchilar faol ishtirok etdilar. 

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🇺🇿 🇹🇷 Turk tili fani o'qituvchisi Rejep Akishning
21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrigi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🇺🇿🇺🇸AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, Xalqaro Ta'lim bo'yicha Amerika Kengashlari tashkiloti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligidagi «English Speaking Nation: Secondary Teacher Training» dasturi doirasida tashkil etilgan konferensiyaning xalqaro eksperti Yuta Otakening 21-oktabr-O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrigi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🇺🇿 🇵🇼 Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida va chaqiriqqacha harbiy tayyorlash bo‘yich direktor o‘rinbosari
Usen Aynabekovning 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrigi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Bayram_muborak

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🏝Tadbirda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Husniddin Hayit ishtirok etib, mavzu doirasida o‘quvchilar bilan fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi.
🏝Yakunda tadbir ishtirokchilari ijodkor o‘qituvchining ijod namularidan bahramand bo‘lishdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube