Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
749 subscribers
12.2K photos
1.75K videos
168 files
3.14K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Taqdimot
#Ikkinchi_Renessans_davrida_yashab_ijod_qilgan_allomalar

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💹 Ikkinchi Renessans rivojiga buyuk hissa qo'shgan bobolarimiz hamda millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo‘lida zahmatli va ibratli ishlarni amalga oshirgan jadid bobolarimiz haqida yoshlarga tushunchalar berish maqsadida tarbiyachi-pedagog Quddusbek Asadullayev tomonidan 8-sinf o‘quvchilariga "Ikkinchi Renessans davrida yashab ijod qilgan allomalar merosiga bag‘ishlangan taqdimot" o‘tkazildi.
🔷 Taqdimotda buyuk bobolarimiz hayoti va ijodiga birma-bir to‘xtalib, ijodiy merosining jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
O‘quvchilar taqdimotdan yangi ma'lumotlar olish bilan birgalikda, o‘zlaridagi mavjud bilimlarini mustahkamlab olishdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#5_muhim_tashabbus_amalda
#Kompyuter_savodxonligi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💻 O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, oʻquvchilarining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 8-"A" sinf o‘quvchilariga "Excel dasturida ishlash" mavzusida kompyuter mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
👨‍💻 O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga Excel dasturining imkoniyatlari, undan qayerda va qanday foydalanish kerakligi haqida ma'lumotlar berildi.
Mashg‘ulot barcha o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘ldi va Excel dasturi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

📑Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

📈 Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

📺 Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👩🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

‼️Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

➡️ Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing
✍️✍️✍️✍️✍️

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#happy_English_club

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 O‘quvchilar ingliz tili to‘garagida "Izlab top" o'yini orqali multfilm qahramonlarini tanlab olishib, o'sha qahramonlar ijro etgan qo'shiqlarni birga kuylashdi va raqsga tushishdi.
🎤 Eng yaxshi kuylangan qo'shiq "Qirol sher" multfilmidagi qahramon kuylagan qo'shiq ijrosi bo‘lib, uni Rustamova Gulchehra ijro etdi va u "The best singer" nominatsiyasi g'olibiga aylandi.
❇️ O‘quvchilar mashg'ulotdan zavqlanishib, ma'daniy hordiq olishdi.
   
🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube