Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Ochiq_darslar_davom_etmoqda

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📖📖📖Bugun ijod maktabining oliy toifali o'qituvchisi O'g'ilnor Ro'ziyeva viloyat miqyosida ochiq dars tashkil qildi. Ushbu darsda akademik litseyi, Guliston Prezident maktabi o'qituvchilari va Sirdaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazining ona tili fani tinglovchilari tahlilchi sifatida ishtirok etishdi.

📃📃📃Qodiriyning "Jinlar bazmi" hikoyasi mavzusidagi ushbu darsda foydalanilgan "Qiziqarli so'rovnoma", "O'xshashligim bor", "Viloyatlardagi tengdoshim" metodlari hamda o'qituvchi tomonidan davom ettirilishi taklif qilingan " Idris alayhissalom" hikoyati kuzatuvchilarga juda ma'qul bo'ldi.

👏👏👏Dars so'nggida o'qituvchi pedagogik mahoratiga Azamat Begnarovich, Ra'no Yahyoyeva, Nargiza Matnazarova hamda Pokiza Shavkatovnalar yuqori baho berdilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Ilmiy_izlanishlar

🗺Prezident ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Joriy yilning 20-aprel sanasida ijod maktabi o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari Tuychiyev Zafar Nordonqulovichning «BEST PUBLICATION» Ilm-ma’rifat markazining “O‘ZBEKISTONDA “FANLARLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR” JURNALI 7-SONida "O‘RTA OSIYODA TASAVVUF VA YASSAVIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI" mavzusida ilmiy maqolasi chop etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Monitoring_2022

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📊Bugun, 22-aprel kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2021-yil 14-dekabrdagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 150-AF-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish darajasini o'rganish maqsadida tashqi nazorat monitoringi o'tkazildi.

📉O'quvchilarga barcha sharoitlar yaratildi.

📇 Ta’lim sifatini monitoring qilish va baholash bo’limi mutaxassislari jarayonni kuzatib hamda boshqarib bordilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Хаитов Хусниддин Хасанович.pdf
487.7 KB
#Ilmiy_izlanishlar

🗺Prezident ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Joriy yilning 15-16-aprel kunlarida Namangan davlat universitetida o‘tkazilgan “ONOMASTIK BIRLIKLARNING SOTSIOLINGVISTIK, ETNOLINGVISTIK, LINGVOPOETIK, LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamida ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisii Xaitov Xusniddin Xasanovichning “ALPOMISH”DAGI ANTROPONIMLAR – DIALEKTAL-ONOMASTIK MEROSIMIZNING BIR QISMI" nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Namunaviy_savollar
#Prezident_maktablari

❗️Prezident maktablariga o'qishga kirish istagidagi talabgorlar diqqatiga!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi matematika fanidan test namunalarini taqdim etilgan edi.

⚡️Hozirda Prezident maktablariga qabul imtihonlarining ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan test namunalari tayyorlanmoqda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi.

❗️Testlar o'zbek, ingliz va qoraqalpoq tillarida taqdim etiladi.

✔️Bizni kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_68_yilligi

👫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎤 🎤🎤Bugungi mashg'ulot davomida ijod maktabining "She'riyat gulshani" to'garagi a'zolari O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning Vatan, ona, tabiat, muhabbat va buyuk ajdodlarimiz haqidagi she'rlarini ifodali yod o'qidilar.

Misralar qa'riga singgan mazmunli fikrlarni tahlil qildilar.

Yosh ijodkorlar o'rtasida shoir qalamiga mansub she'rlar asosida "Bahru bayt" bellashuvi tashkil etildi.

👨‍🏫To
'garak rahbari: Mohidil Ziyayeva


👉#Telegram| Oromgoh| Facebook| Youtube| Oz'begim👈
#Chavandozlar_maktabida_bir_kun

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏇🏇🏇Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari va Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabidan tashrif buyurgan o'quvchilar Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi o'quv markazining "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashg'ulotlarida qatnashishdi.

🤼‍♀️🤾‍♀️⛹️‍♀️Ijod maktabining o'quvchilari o'rtasida guruh shakllantirilib, sport musobaqalari asosida o'zaro bellashdilar.

👭👭👭Bo'sh vaqtlarini mazmunli va mahsulli o'tkazish yuzasidan tashkil etilgan bu kabi sayohatlar har bir o'quvchida a'lo taassurot qoldirdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I