Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
777 subscribers
12.3K photos
1.76K videos
177 files
3.19K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
🟢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mohidil Ziyayeva Sirdaryo viloyat radiosida "O'zbekistonda yoshlar ta'lim-tarbiyasi masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri" mavzusida Prezidentimizning yoshlarga yaratib berayotgan sharoit va imkoniyatlari haqidagi fik-mulohazalari bilan jonli efirda ishtirok etdi

#5_tashabbus

🔰Bizni kuzatishda davom eting! 👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#istemolchi_qonun_himoyasida
#intelektual_o'yin

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan 10-9-sinflar o'rtasida 3 shartdan iborat bellashuv o'tkazildi.
Bellashuvda o'quvchilar o'z bilimlari va iqtidorlarini namoyish etdi.
Bellashuv natijalariga ko'ra 1-o'rinni "Yosh iste'molchilar" guruhi, 2-o'rinni "Yosh bilimdonlar" guruhi, 3-o'rinni "Ombudsman" guruhi qo'lga kiritdi.
Homiylar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
YOMG'IRVOY

Yomg'irning ko'z-yoshlari
Negadir g'amgin bu yil
Balki og'rir boshlari
Qiynalar ko'rib
ko'ngil.

Inson kabi to'kar yosh
Tarnovda tomchilashar.
Bulut unga bo'lar
bosh,
Bir-birin quvib tushar.

Yashil maysa ham yerda
Yomg'irga ma'yus boqib:
– Shodliklaring qayerda?
Deyishar kiymin qoqib.

Bilmam.
Bilmay qadrini
Yomg'irvoy buncha hafa,
Kimga aytar dardini
Yuragidan bir lavha.


Sitora Naimjonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_tanlov_natijasi

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📹Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining
3-yo’nalishi bo’yicha 10-sinf oʻquvchisi
Xolboyeva Saida Komiljon qizi I o’rinni qo'lga kiritdi.

⚡️⚡️⚡️ Hamid
Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining diplomi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Made_in_Uzbekistan_xalqaro_anjumani

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Guliston shahridagi «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" da «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🖼 Ijod maktabining Rassomchilik to'garagi a'zolari ,iqtidorli o'quvchilar Mamadaliyeva Rayhona va Baxtiyorova Mushtariylar o'zlarining ijodiy ko'rgazmasi bilan ishtirok etdi.
⚡️ Yosh iste'dod egalari,mo'yqalam sohiblari xalqaro ko'rgazmada ishtirok etayotgan xalqaro mehmonlar hamda Viloyat hokimi G'.Mirzayevning alohida e'tirofiga sazovor bo'lishdi.



mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Yomğir_ilhomlari

* * *

Tonglarga dodlaydi namiqqan diydor,
Chak-chak... chakki otib ketdi sukunat!
Gullamoqchi bo'lar, unmoqchi bo'lar,
gullarning yaprog'i ostidagi baxt!

Borliqning jariga solmasdan quloq,
Ishqnoma yo'llayman yomg'ir tilida.
Endi sendan javob kutmayman, yo'q-yo'q,
Endi urar yurak Olloh yo'lida!

Chak-chak...
Chakki otib ketdi sukunat...


Zulhayo Mingboyeva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi

@Ahmadali_Shernazarov
#qardoshlik_madhi
#Ijod_maktabida_ijodiy_uchrashuvi

🏢 Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,shoir Nurliboy Dauletbayev bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
⚡️ Ijodiy uchrashuvda o'quvchilar O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov hamda ijodkorning she'rlarini o'zbek va qoraqalpoq tilida ijro etdi.
⚡️Ijodkor o'quvchilar o'zlarining ijod namunalaridan o'qib berdi.
Ijodiy uchrashuv so'nggida maktab direktori Pokiza Axmedjanova so'zga chiqib,ijodkor o'quvchilar hamda shoira halima Xudoyberdiyevaning she'riy to'plamlarini sovg'a qildi.
💥Uchrashuv o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv