Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
658 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Aks_loyihasi
#Asliddin_Abdurazzoq_bilan

Isteʼdodli, yosh shoir Asliddin Abdurazzoq va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari oʻrtasida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
🎧Ishtirok etolmaganlar uchun audio variantini taqdim etmoqdamiz!

Loyiha muallifi: Quddus ASAD

Kanalga ulanish⤵️
H.Xudoyberdiyeva_ijod_maktabi
#ijodiy_tõgarak
#yosh_adabiyotshunoslar

🏢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Jizzaxlik yosh ijodkor Asliddin Abdurazzoq bilan maktab ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuvda adabiyot, sheʼriyat haqida fikr mulohazalar yuritildi.
Uchrashuv soʻngida ijod maktabi oʻquvchilari oʻz sheʼlarini oʻqib berdilar va A.Abdurazzoq oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Toʻgarak rahbari: Quddus ASAD

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_bayrami
#ijod_maktabida_bayram
🌸 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan
"SEN BARIBIR MUQADDASSAN,MUQADDAS AYOL" mavzusida musiqiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

💐 Tadbirga ijod maktabi o'quvchilarining onalari taklif etildi.

🎤 Ijod maktabi o'quvchilari o'zlarining ijodiy chiqishlari ,raqs va qo'shiqlari bilan bayramini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi.



Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_bayrami
#oqila_ayollar_harakati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Oqila ayollar" harakatining "Ayollarni e'zozlash-ezgulik va adolat mezoni" mavzusida respublika miqyosida festival o'tkazildi.
Festivalda Viloyat hokimi G'ofurjon Mirzayev, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi E'zozxon Karimova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan bir guruh ijodkorlar, viloyat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va faol ayollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Festival tashkilotchilari va mehmonlar tomonidan Halima Xudoyberdiyeva haykali poyiga gullar qo'yildi.
Viloyat madaniyat boshqarmasi hamda ijod maktabi o'quvchilari bilan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga manzur bo'ldi.
📹Festival viloyat va respublika televideniyesida tasvirga olindi va efirga uzatildi.
#Эътироф

IJOD MAKTABI O’QITUVCHILARI ENG YAXSHI INNOVATORLAR SAFIDA

”Innovative Academy RSC” ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash
markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari o‘rtasida “Ilm-fanda eng yaxshi innovator-2022” xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovi g’oliblari e’lon qilindi.

Ular orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabidan:

🔸ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Shohsanam Qarshiyeva
🔸
va Husniddin Hayitov,
🔸shuningdek, matematika fani o’qituvchisi Elyor Xolmurodov "ENG YAXSHI INNOVATOR-2022" esdalik ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Yuksak e’tirof muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❤️‍🔥#YONIQ_YURAKLAR❤️‍🔥

Va nihoyat natijalarni kutib oling!🤩

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o'tkazilayotgan "Yoniq yuraklar" she'riyat tanlovining 2-mavsumi uchun #SARALASH_natijalarini e'lon qilamiz!

Hujjat topshirgan #70_ga_yaqin ijodkorlar ichidan #16_ta_ijodkor #ASOSIY_boshqichga oʻtganligini eʼlon qilamiz!👨‍💻

Demak, ular bilan tanishing:

1.Sevinch Abdazova
2.Erkin Xojimamatov
3.Shohrux Davron Ergashev
4.Durdona Bahodirova
5.Eldorjon Diyorov
6.Kumush Odina Qarshiboyeva
7.Dilmuhammad Qo'chqorov
8.Karima Husanova
9.Zuhra Sherqulova
10.Surayyo Rahmatullayeva
11.Begzod Hazratov
12.Ahror Abdumannon
13.
#Dilnoza_Jabborova
(Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi oʻquvchisi)
14.Shahrizoda Botirova
15.Odina Abdumoʻminova
16. Eʼzoza Alimova

Saralashdan oʻtgan ijodkor doʻstlarimizni qutlaymiz!👏

Tanlovga hujjat topshirgan barcha ijodkorlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Tanlovning #kuni va #vaqti yaqin kunlarda eʼlon qilinadi!

Bizdan uzoqlashmang👇
https://t.iss.one/Quddus_ASAD_sahifasi
KO‘KLAM

Hamon yodimdadir qushlar xonishi,
Ovozini olib kelgan yellar ham.
Maysalarning dir-dir titrab nolishi,
Sho‘x shamollar dutorini chalgan dam.

Tabiatning husni aks etar unda,
Har zamon boqsangda toʻkmaydi ohor.
Ko‘rarsan maysalar ustida lola,
Yashil bargga burkanib keldi Navbahor.


Gulsanam Norqulova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/ijod_maktabi
KO'NGIL KO'KLAMI

Lolalarga burkanar
Qir-adir bahor payti.
Mo'zjizalar yuz berar,
Go'zallik yana qaytib.

Nafislikka juda boy,
Shudir kelinchak fasli.
Borliqdagi bor chiroy -
Bahor ko'rkidan asli.

Bahordir dala-bog'ni
Bezantirgan berib zeb.
Nur to'ldirib har yoqni,
Yashar dilning g'amin yeb.

Chiroyda yo'qdir tengi,
Turfa gullar ochilgan.
Ko'klam nur bo'lib endi,
Yuraklarga sochilgan.

Shirin nafasin tuyib,
Rang-barang bo'lar borliq.
Har bir inson ham suyib,
Sezar chin baxtiyorlik.


Mushtariy Toshpo'latova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/ijod_maktabi
* * *

Osmon tiniq, biram musaffo,
Bejirimdir zangor libosi.
Jilmayadi quyosh ham xatto,
Tabassumin yóq intihosi.

Bahramand ul nurli ziyodan.
Daraxtlarda potirlar kurtak,
Qirg'og'idan toshgan daryodan,
Suzib chiqar yangi bir ertak.

Parvozida turib muallaq,
Kuylashadi qushlar shóx navo.
Tabiat bu tilsimga ilhaq,
Ona zamin berar aks sado.

Yurtim bugun har qarichida,
Kezayotir bahor nafasi.
Sog'inch sig'may ichi-ichiga,
Duk-duk urar yurak qafasi...


Rustamova Zilolabonu
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf ôquvchisi
* * *

Xayolimga taqqan go'zal gulchambar,
Ko'rdim nurko'klamning xushro'y orazin.
Bundan uyalgancha ko'rkidan dilbar
Hasadli tebranib solardi razm.

Yaproqlar qo'lida shudring dilsozi
Tong xira tortganda yoqimli kuydir.
Fasli kelinchagim, Yellar ovozi:
"Bag'ring barcha uchun xushmavsum uydir".

Sitora Naimjonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi.