Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Jamiyat_bunyodkori

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️“Ma’naviy barkamol avlod – barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida o‘quvchilarda turli g‘oyaviy xavf-xatarlardan himoyalanish immunitetini shakllantirish maqsadida

🌐 “Bir tahdidga besh zarba” texnologiyasi asosida yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil qilindi.

O'quv-seminarida tarbiyachi-pedagog Q.Mamayev ma’ruza qilib, maʼnaviy tahdidlarning hozirda keng tarqalgan turlari – aqidaparastlik va diniy ekstremizm, ulardan saqlanish, eʼtiborsiz ravishda internetning turli nosogʻlom makonlariga kirib, ushbu illatlar domiga tushib qolmaslik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

➡️ Internetdagi turli xil qimor oʻyinlarining ayanchli oqibatlari hayotiy misollar bilan gapirib berib, o'quvchilarni ogohlikka chaqirdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#fan_olimpiadasi
🏛O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan, asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi belgilangan.
🏨Shuningdek, joriy yilning 24-sentabr sanasida
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanidan, asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi o‘tkazildi.

🏅Olimpiadani boshlashdan oldin ijod maktabining direktori Pokiza Ahmedjanova o'quvchilarga omad tiladi.
👨‍💼O'quvchilarning ushbu fanlardan olgan bilimlari, belgilangan nizom shartlariga asosan sinovdan o'tkazildi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Xushxabar
#Adabiy_aloqalar
#Ozarboyjon

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "ISHONCH" gazetasining Sirdaryo viloyati bo'yicha muxbiri, shoira, joriy yil qutlug' 70 yoshni qarshilayotgan Bahor XOLBEKOVAning she'rlari ijod maktabi o'qituvchisi Husniddin HAYIT tarjimasida Ozarboyjonning YAZARLAR.AZ saytida e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali mutolaa qiling: https://yazarlar.az/2024/09/24/bahar-halbekova/

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yosh_ijodkor
#Kuz_ilhomlari

E’TIROZ…

Oʻzin zamin tomon uradi xazon,
Yomg‘ir-la qorishib toʻkilar yerga.
Shamolga ergashib boʻladi sarson,
Borliq hayajondan botadi terga.

So'ngra tinib qolar ko'kning koʻzyoshi,
Ona tabiat ham tinchlanar biroz.
Yechishni istamas shu on ust-boshin,
Unsiz tovush bilan qilar e'tiroz.


©Charos ISLOMOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#fan_olimpiadasi
🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ingliz tili fanidan, 9-11- sinflar o'rtasida fan olimpidasining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⏳️Belgilangan vaqt davomida o'quvchilarning ingliz tilidan listening, reading va grammatika bo'yicha olgan bilimlari sinovdan o'tkazildi.
🏆Olimpiadaning maktab bosqichi belgilangan nizom talablariga binoan o'tkazildi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#ekologik_loyiha
#biz_tabiatni_asraymiz


🏨 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekomedia bo'limi bilan hamkorlikda ☘️"Eko ta'lim" ☘️loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

💻Texnologiya asridan tabiatni omon saqlash,u bergan ne'matlardan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligi aks etgan,ogohlikka chorlovchi videorolik o'quvchi va ustozlarga namoyish etildi. Maktab "Eko do'stlar" guruhi rahbari biologiya fani o'qituvchisi Sherzod Nurmatov hamda vazirlikning Ekoharakat yetakchilari tomonidan 3 ta shartdan iborat viktorina o'tkazildi.

🚰 Dunyodagi global ekologik muammolar haqidagi debat o'yinlari, ijodkor o'quvchilar aytgan she'rlari, chizgan rasmlari orqali tabiat ne'matlaridan oqilona foydalanish zarurligi ta'kidlab o'tildi. Tadbir yakunida o'quvchilar, loyiha tashkilotchilarining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube