Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Xon_atlas
#Milliylik_va_zamonaviylik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'zbek xalqining asrlik o‘tmishi, madaniyati, urf-odati va an'analari, estetik qarashlari libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish maqsadida ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan kiyinish madaniyati va bugungi kundagi liboslar haqida "Milliylik va zamonaviylik" mavzusida tarbiyachi-pedagog Abdullayeva Umida tomonidan davra suhbat tashkil etildi. Mashg'ulotiga tikuvchi To'qsonboyeva Gulnoza taklif etildi. U milliy liboslar va atlas liboslari haqida tushunchalar berdi.

Bunda o'quvchi qizlar chinakam go'zallik va milliy kalarit uyg'unlashgan matolardan tikiladigan liboslar haqida savollariga javob olishdi.

❇️Milliy qadryatlarimizni o‘rganish, ularni boshqalarga ham o‘rgatish va keng targ‘ib etish bizning asosiy maqsadimizdir!


Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana yangi oʻquv yilini ham boshlab oldik. Ilk safar va pedagoglar bilan uchrashuvni Soʻx tumanidan boshlashni niyat qilgandim. Shu maqsadda kecha Soʻxga bordik, kunning birinchi yarmida tumandagi pedagoglar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildik.

Tumanda oʻzgarishlar katta, birgina joriy yildagi investitsiya davlat dasturi asosida 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib, qoʻshimcha 360 oʻrin yaratildi. Yana bitta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Kunning ikkinchi qismida yangi qurilgan, 120 oʻringa ega 30-sonli MTTda boʻldim. Bolajonlar bilan suhbat, mashgʻulotlarda qatnashish, ularni tinglash, mahoratlarini koʻrib zavqlanish – men uchun kechagi kunning eng yorqin voqeasi boʻldi.

Tuman bilan bogʻliq maqsadlarimiz katta, birgina misol: Soʻxda maktabgacha qamrov – 70,8 foiz boʻlib, yil oxiriga qadar 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu vazifalarni jonkuyar pedagoglar, jamoamiz, taʼlimga befarq boʻlmagan insonlar koʻmagida uddalaymiz, albatta!

@hilola_umarova
#Kutubxona_bilan_tanishuv

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📖📖📖 Bugun maktabimizga yangi qabul qilingan 7-sinf oʻquvchilari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

📚📚📚 Tanishtiruv davomida maktab kutubxonachisi kutubxonaning umumiy fondi va kutubxonaga keltirilgan yangi kitoblar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

📗📕📗 Qiziqarli suhbatdan soʻng oʻquvchilar turli savollarga javob olishdi , kutubxonadagi ajoyib, badiiy oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

⚡️ Ijod maktabining kutubxonachisi Raxmonova Dilbar.

➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting


Telegram | Facebook | Veb-sayt | Instagram | Youtube|
#odob_axloq_qoidalari

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi oʻquvchilari oʻrtasida  sinflar kesimida odob-axloq qoidalari, texnika xavfsizligi hamda yoʻl harakati qoidalari haqida davra suhbatlari oʻtkazildi

Oʻquvchilarga  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo'l harakati qoidalariga amal qilinmagan holatlarda hosil bo'ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda, maktab hududida elektr tarmoqlari va uskunalaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanish kerakligi aytildi.

Suhbat davomida oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi

Tarbiyachi-pedagoglar:
Xolmatova Maxsuda
Musurmonqulova Feruza
Esanova Nigora
Sultonova Gavhar
Abdullayeva Umida
Gafforova Hilola
Abduraxmanova Irodaxon

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I Veb-sayt |