Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
797 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
185 files
3.22K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

DIL SHIFOKORLARI...

Har yurakdan doim bir insof kutgan,
Chekayotgan ohi dunyoni tutgan,
Oʻzga dardi bilan oʻzin unutgan,
Tilidadur doim dilda borlari,
Shoirlar – dillarning shifokorlari.

Qalblari oppoq qorday begʻubor,
Mehridaryosidan toʻyinar anhor,
Osoyishta qalbga boʻlmish panohkor,
Asli farishtadir Halimalari,
Tilidadur doim dilda borlari,
Shoirlar – dillarning shifokorlari.

Koʻrinishi inson ,lek farishta ular,
Shuning uchun doim niyati xolis,
Ul zotlar shod boʻlsa, dunyolar kular,
Xayollari olib ketadi olis,
Tilidadur doim dilda borlari,
Shoirlar – dillarning shifokorlari.

Jismlarni albatta davolash qiyin,
Agar ruhlar ogʻir shikasta boʻlsa,
Ezgulik-la chalar shoʻx nayin,
Ajabmas, bir kuni Jannatga kirsa,
Tilidadur doim dilda borlari,
Shoirlar– dillarning shifokorlari.


Mustayeva Kamola, Buxoro davlat pedagogika instituti 2- bosqich talabasi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

SHOIR YASHAY BILMAS

"Shoir yashay bilmas tilini tishlab ,
Koʻrib, koʻrmaslikka solib oʻzini.
Nomard ketar ekan vaqtini xushlab,
Mushfiq tasalli deb bilsa toʻzimni,
Shoir yashay bilmas."

(Halima Xudoyberdiyeva)

Shoir yashay bilmas oʻzin unutib,
Yasholmaydi aslo yumib koʻzini.
Yaxshi - yu yomonga qalamin tutib,
Behuda sarf qilsa asl soʻzini,
Shoir yashay bilmas.

Shoir yashay bilmas zulmat qa'rida ,
Nohaqlik dogʻini koʻtarolmas u .
Shoir yuragida dardlar tizilgan,
Toʻsatdan vujudi zavqqa toʻlsa-ku,
Shoir yashay bilmas.

Shoir yashay bilmas taqdirga koʻnib,
Artolmasdan sarson qalb koʻzyoshini.
Alamin toʻkadi qalamin yoʻnib,
Har yoqlarga bursa har kim boshini,
Shoir yashay bilmas.

Shoir qoʻndirolmas baxtni kaftiga,
Koʻtarib yuradi oʻzgalar dardin.
Oshino boʻladi mehr taftiga,
Ammo yuvolmasa yovuzlik gardin,
Shoir yashay bilmas.

Shoir yasholmaydi gʻam ogʻushida,
Oʻzi bunyod qilar baxtlardan qasr.
Ertaklar soʻylaydi hatto tushida,
Nogahon aqliga dil boʻlsa asir,
Shoir yashay bilmas.

✍️ Esonova Zemfira, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 -"B" sinf oʻquvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Vatan jim turadi, ammo u haqda
Tog'dan tushib kelgan tosh so'z aytadi
Bir sadolar kelar jim- jim kurtakdan
Osmondan kelgan quyosh so'z aytadi.
(Halima Xudoyberdiyeva)


Vatan jim turadi, axir haqqi yo'q...
Ko'kdagi qushlarga qilolmas havas.
Birdan bir orzu bor uning qalbida:
Ertaga bemalol olsaydi nafas.

Vatan jim turadi sukunat ichra,
Jim turib atrofga solar qo'zg'olon.
So'zlari otashga aylanar bir kun,
O'sha kunni kutib yashar u hamon.

Vatan jim turadi, qo'lida kishan,
Xushomad so'zlarga bo'lgandir asir.
Jim turma ko'zlaring och, ona tuproq,
Qalb hech adashmaydi, biroq ko'z basir.

Vatan jim turadi, soʻzlar "dono"lar...


Nuriddinova
Sevinch, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

ISTAGIM...

Men shunchaki uxlagim kelmas,
She'rlar yozsam yig'lasa tonglar.
Men shunchaki yozgim ham kelmas,
Tug'ilsaydi nurli ohanglar.

Men shunchaki yig'lagim kelmas,
Olam kuysa dilim ohidan.
Men shunchaki yashagim kelmas,
Baxt yog'ilsa samo toqidan.


Shokirova Nilufar, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

"SHUNCHAKI..." SHE'RIGA NAZIRA


"Shunchaki yozmoqqa ko'ngil to'lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo'lim..."
Vatanni shunchaki sevib bo'lmaydi,
Shunchaki yashamoq - insonga o'lim!

Shu zamin, shu zamon, shu osmon uchun,
Mangayidan ter-u ko'kragidan qon.
To'kkan ajdodlaring bergan shon uchun,
Vatanni asragin, sarf etib vijdon!

Kubrodek bayroq deb berolmasang jon,
Hech bo'lmasa, ko'kka ko'targin uni.
Faxr-u iftixor-la asragin uni,
Dushman olishiga sen berma imkon!

Bu xalqing oldida farzandlik burching,
Burching ado et, to bor ekan kuching.
G'animlar nazari soya solmasin,
Vataning hech kimdan ortda qolmasin!


✍️ Muxtorova Gulizebo, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Oybarchini bor Barchindir,ertakmas,
Alpomishdan tuğ olmagan ertakmas.
Dõst yukiga olma tutib,toği past,
Barcha olam hayronidir õzbekning.
(Halima Xudoyberdiyevadan)


Yetim boshin silar, kõzi qoram deb,
Uxla , bolam, el- yurting tinch bõlsin deb.
Dardi daryo,lek õzganing ğamin yeb,
Sof dil,mehr merosidir õzbekning.

Dõst-u yorga bağri ochiq, mehribon,
Birodarga tiğ kõtarmas begumon.
Mehmon bõlsang ,kerak bõlsa tõshar jon,
Mehmondoʻstlik shioridir õzbekning.

Chin shoirning dil rozlari merosdir,
Xalqqa xizmat biz õzbeklarga mosdir.
Halimaga shogirdlik bizga xosdir,
Shogirdlik ham urf-odati oʻzbekning.


✍️ Uroqova Malikabonu, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
#Nazira
(Halima Xudoyberdiyeva)

"Iltimosim qayta yozma xat
O'ynatmasin yurakni nido"...
Kechirarsan sen meni, faqat
Afv etarmi bizlarni Xudo

Vido aytmam, shunchaki xayr,
Unut demam, unutolmaysan.
Oydin tunda qilsak ham sayr,
Yorug' kunga o'ta olmaysan

Senda ayb yo'q, qusur o'zimda,
Shuning uchun “Ket” dedim senga.
O'zing o'yla azob bormidi,
Ayriliqdan ortiqroq menga.

Ne qilardik taqdir oldida,
Qismatim shu, ajalim yaqin.
O'lim haqdir, ayriliq sinov
Ko'risharmiz kelguncha yakun!


✍️Hasanov Nurmuhammad, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
Halima Xudoyberdiyeva she'riga nazira

* * *
Siz topmishim, yo’qotmishimmas,
Siz borlig‘im es-u hushimmas.
Siz borlig‘im yolg‘onim emas —
Tutolmagan ro‘yo tushimmas.

Sizga fido bo’lmoq istayman,
Siz deb gado bo’lmoq istayman.
Menga boqqan ko‘zlaringizdan ,
Birdan judo bo’lmoq istayman.

Tarang tortmoqda simlar, ayting, —
Xayollarda qolsinlar, ayting.
Siz — jon, olsa jonim qiynamay,
Birdaniga olsinlar, ayting.
Siz topmishim, yo’qotmishimmas…


Shamahammadova Diyora, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

"SHUNCHAKI" SHE'RIGA NAZIRA


"Men shunchaki o'ylagim kelmas,
Xayol sharob misol qilsin sarxush,mast.
Men shunchaki kuylagim kelmas
Ovoz pardalarim chidab bersa bas".


Uyqudan erinib ko'z ochsa quyosh,
Shunchaki termulmoq nomi hissizlik,
Bulutning pinjidan u ko'tarsa bosh,
Muzlagan qalblarda yonar iliqlik.

Shunchaki yashamoq-muqarrar o'lim,
Hayotga kulgula tashlagin nigoh.
Nafas olyapsanmi,borliging muhim,
Tole baxting uchun bo'layin panoh.

Sevib,sevilmoqdir asli saodat,
Vido sukutlari qalbni chertmasin.
O'xshama,hech qachon ro'yosiz baxtga,
Shunchaki dudoqlar yolg'on kulmasin.

Shunchaki yig'i ham o'lik guldek gap,
Uni eplar faqat diydasi toshlar.
Asl dard neligin bilganda inson,
Bo'ronlar izmidan oqadi yoshlar.

Tabassum o'tida yonsin g'animlar,
Shodliklar bag'riga chorlasin sizni.
Shunchaki o'tmaylik o'tmishdan qochib,
Farahbaxsh lahzalar kutmoqda bizni.

Shunchaki yozmoqqa ko'nmadi yurak,
Shunchaki aytmoqqa bormadi tilim.
Shunchaki bo'lmoqlik ne uchun kerak?
Shunchaki shoirlik men uchun o'lim!


Umrzoqova Gulsevar, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Halima Xudoyberdiyeva she'riga nazira

“Turayotgan qushga
O‘xshayman juda,
Qushlarga o‘xshayman
Uyg’onayotgan.
Ba’zi tomirlarim
Hali uyquda,
Ba’zi tomirlarda
Qonlarim qotgan”.


Shabnamlar yaltirar
Erta tong chog’i,
Men xonish qilaman
Yurakdan jo‘shib.
Ohlarim tonglarga
Yetarmi tundan,
Yetkazing, so‘zimga
Baxt so‘zin qo‘shib.

Balki, nigohlarim
So‘zlab beradi,
Balki, ko‘zlaringiz
Sezar dunyoni.
Menga hadya qilib
Ketarmi kunni,
Agar tugab bitsa
Oxirzamona.

Quyoshni kutaman
Tong quyoshini,
Uyg’onish istayman
Tongga yetgani.
Tunlari yig’idan
Bedor, charchagan
Kunduz quyoshiga
Oyni eltgani.
Batamom uyg’onsam…

Rayhona Nurmuhammadova,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
Halima Xudoyberdiyeva sheʼriga nazira

"Koʻnglingiz bir uydir, lang ochiq,
Oʻtgan ketgan kiraveradi.
Mening koʻnglim esa yoshli jiq
Bu holatni koʻraveradi".

Siz bir devor,
Yolg'on sevgi esa poydevor.
Cho'pchaklarga ishonib kelgan,
Soddagina yuragim uvol.

To'g'ri o'jar, qaysarman, biroq
Odamlarga adovatim yo'q.
Kun kelib,
Yomgʻirmas do'l bo'lib yog'sam
Vayronangga do'llar urar do'q.

Ketaman,
Ketsam, orzularim o'par osmonni,
Lek sevgim nafratga boylanar.
Tosh qotib zanglagan qalbingiz,
QAROVSIZ KULBAGA AYLANAR..
.

Hayitboyeva Mahbuba,
Erkin Vohidov ijod maktabi 9-"B"sinf oʻquvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Halima Xudoyberdiyevaning "Bayroqni bermasdan" she'riga nazira

"Moziy-ku Vatanga yuzlab shon berdi,
Bormi bu kunlar ham shon beradigan?
Mabodo yov kelsa,
Kubrolar yanglig'
Bayroqni bermasdan...jon beradigan?!"

Bormi?
Yov ko'ziga tikilib tikka,
Qo'rquvidan tongan biror To'maris?!
Nechun indamaydi Turon barslari,
Nechun qoplonlarning ko'zlari g'aliz?

Bormi?
Vatan uchun kechib jonidan,
Dushmanni cho'llarda adashtirguvchi?
Yoxud Chingizxonning tig'i ostidan,
Cho'li Jaloliyga sakragan jangchi?

Bormi?
O'g'lin ko'rib dorlar ostida,
Shahidlik fatvosin bergan biror zot?
"Ayolman," demasdan, "Ojizman," demay,
O'qlar yomg'irida qo'rqmay surgan ot.

Bormi?
Usmonining nomin poklovchi?
"Nil va Rim" qo'lidan ozod bo'lgan qul.
Fitratning maktabi yopliganmidi,
Cho'lponlar qirilib ketganmi butkul...

...Bo'lsa javob bersin!
Chiqsin maydonga!
Vatan posbonlari nahot qolmagan,
Aytsin haqiqatni! Borini aytsin!
Qaddi tik haqiqat kutmoqda Vatan!


Eraliyeva Mohichehra, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Halima Xudoyberdiyevaga ehtirom

Sheʼrga chanqoq murgʻak jonimda,
Ilk uchqunni yoqqan oʻzingiz
Sheʼringizni shogird tushib men
Aytolmagan armon soʻzimsiz.

Ilhom olib ijodingizdan ,
Sheʼrlar bitdik,shuhratlar quchib
Muhtaram zot  muborak isming,
Lablardan ham ketibdi oʻchib.


✍️ Rahmatullayeva Aziza, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi

| Telegram | Instagram | You Tube | Facebook |
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Halima Xudoyberdiyevaning ,,O'zbekning" she'riga nazira

Xalqin suygan fidoyisin nidosini,
"Aziz o'lkam" deya aytgan sadosini,
Urushlardada qolib ketgan judosini,
Halimasi - jayronidir o'zbekning,
Dunyolarga hayronidir o'zbekning.

O‌'g'lonlari yurtim deb jonin bergan,
Qizlarichi do'ppilarni hõp, kiygan,
Ikkalasin Vatan deb yonib kuygan,
Halimasi - jayronidir o'zbekning,
Dunyolarga hayronidir o'zbekning.

Yuragimda o'chmaydigan iz qolgan,
Nodira-yu Shiroqlardan kõz olgan,
Barcha inson ularni ustoz bilgan,
Halimasi - jayronidir o'zbekning,
Dunyolarga hayronidir o'zbekning.


✍️ Berdieyva Dilnura, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-,,B" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

Halima Xudoyberdiyeva sheʼriga nazira


"Siz topmishim, yoʻqotmishimmas,
Sor lochinim, ojiz qushimmas".
Bu dunyoda haqiqatimsiz,
Yo oʻngimda koʻrgan tushimmas.

Menga baxtni eslatib turgan
Koʻzimdagi mangu suvratsiz.
Umr boʻyi men jurʼat etib
Ocholmagan bir sirli xatsiz.

Hayotimda shodlikni tuyib
Oʻtgan kunlar bari siz bilan.
Endi oʻzni ovutib yashay
Siz qoldirib ketgan iz bilan.

Xotiralar, baxtli onlarim,
Yoddan chiqmas endi hech biri.
Afsus, sizga aytolmadim hech
Yuragimning yashirin sirin.

Siz topmishim, yoʻqotmishimmas...


Hoshimjonova, Gulyora Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9- "A" sinf oʻquvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

(Nazira)

Bir kun.
Osmon yaqin kelar,
Judayam yaqin.
Qarichlab yetasan,
Ololsang chama.
Bir kuni chaqnaydi
Uluĝvor chaqin.
Bolaga aylanib
Qoladi hamma.

Osmon yaqin kelar
Judayam yaqin.
Ĝuborlar ketadi
Butun olamdam.
Yuvilar chang bosgan
Kŏp majruh qalblar.
Saqlanar insonlar
Egri qadamdan.

Bolaga aylanar
Yosh-u qarilar.
Ucharlar samoga
Arĝimchoq yasab.
Tushunar hayotda
Soxta kulgusiz.
Bŏlarkan samimiy
Chin kulib yashab.


Xoliqova Ruhshona, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-"D" sinf ŏquvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
(Nazira)
Koʻrdim qishloq, goʻzal shaharlar koʻrdim,
Ohorlari ketib borar bilmaslar.*
Uyquga burkangan saharlar koʻrdim,
VAQT ham yaqin kelib qolar bilmaslar.

Mol-dunyo gʻamida yugurar hadsiz,
Toʻplab tugatsa-da doimo baxtsiz,
Hayoti qiyosdir — bir qoʻl-u kaftsiz,
Oqar daryo oqib ketar bilmaslar.

Shodlik barq uradi nurli koʻzlarda,
Baʼzan baxt, baʼzan dard har bir soʻzlarda,
Qalb oynasi sinar qolsa muzlarda,
Samimiyat bitib borar bilmaslar.

"Doʻstlar"ga beradi oʻysiz borini,
Hatto ustun bilib gulgun yorini,
Lek ota-onasin bilmas zorini,
Qoʻrgʻonlari qulab borar bilmaslar.

Tillarda dostondir har zarli banda,
Laganbardorlikni qilmaydi kanda,
Aytganin amalin qoʻllamas tanda,
Zulmatlarga choʻkib borar bilmaslar.


* Halima Xudoyberdiyeva misralari

Yigitaliyeva Farangiz, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Kuzibayeva Shahruzaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM