Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
653 subscribers
10.6K photos
1.68K videos
135 files
2.77K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yilligi_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'zbek ayolining chinakam timsoli, shoira Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan ijod maktabining o‘quvchilari o‘rtasida ko'plab tadbir va ijodiy mushohada, bahslar o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur mashg'ulotlarda faollik qilayotgan 11-sinf o‘quvchilari shoira Halima Xudoyberdiyeva xotirasini mustahkamlash va abadiylashtirish maqsadida muzeyga tashrif buyurishdi va shoira haqidagi  ma‘lumotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
#Odam_savdosi_davr_muammosi
#Huquqiy_savodxonlik

🏤 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Odam savdosining butun insoniyatga xavf solayotgan global muammo ekanini bugun kо‘pchilik yaxshi biladi. Uning turlari, shakllari va odamlarni tuzoqqa tushirishda ishlatiladigan usullari haqida matbuotda bot-bot ma’lumot berib kelinayotganiga qaramay, ushbu uyushgan transmilliy jinoyat kо‘lami kundan-kunga kengayib, uning domiga tortilayotganlar soni kо‘payib bormoqda.

⚡️Oʻquvchilar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Odam savdosi- davr muammosi" mavzusida suhbat tashkil etildi.
⚡️Davra suhbatida odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar, belgilangan jazo tartiblari, bu jinoyatni oldini olishga qaratilgan davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
#Xalqaro_oila_kuni
#kitobxon_oila

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

BMT Bosh Assambleyasi 1993-yil 20-sentabrda 15-mayni" Xalqaro oila kuni" sifatida nishonlash to'g'risida qaror qabul qildi.

🔰Oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini,muqaddas dargohdir.Shu kichik jamiyat ichidagi rivojlanish davlat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.Shu ma'noda yurtimizda ham kitobxonlikni targ'ib etish, ham oiladagi hamjihatlik,o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, ma'naviy muhitni yuksaltirish maqsadida "Eng faol kitobxon oila" tanlovlari tashkil etilgan.

❇️7-"A"sinf o‘quvchisi Sh. Robitqulova oila a'zolari bilan bu tanlovda qatnashdi.Mirzaobod tumanidagi "Eng kitobxon oila" sifatida e'tirof etilib , 1-o‘rin sohibi bo‘lishdi.

Suhbatda Sh. Robitqulova oila a'zolari bilan bu yutuqqa erishishda , ahillik, kitobga muhabbat, buvisining o‘gitlariga amal qilgani muhim ekanini so'zlab berdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Facebook|YouTube|Instagram
Veb-sayt|Telegram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyevaning_77_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


☑️ "Vatan bayrog'i" onlayn tanlovi

"SHUNCHAKI"
Halima Xudoyberdiyeva

👩‍🎓Mushtariy TOSHPO‘LATOVA
9-"A" sinf oʻquvchisi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💠Xabaringiz bor, elimizning atoqli ijodkori Halima Xudoyberdiyeva ijodi bo'yicha videoroliklar tanlovi elon qilingan edi. E'tiboringizga ushbu tanlov uchun tayyorlangan lavhani havola etamiz.

📝"Bilmaslar" (Halima Xudoyberdiyeva )

🎙Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf óquvchilari:
1. Abdujabborova Oygul
2. Nurmamatova Mashhura
3. Axmadiyarova Lola
4. Rafiqova Gulshoda
5. Alimurodova Zilola

📸 Zokirjonova Nozimabonu


⚠️ Eslatib o'tamiz, tayyorlangan videoroliklarni quyidagi manzilga yuboring:
@j_mannonov

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shaxmat_aql_charxi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

❇️ Ikkala maktab o‘quvchilari ham juda faol tarzda ishtirok etishdi.
Musobaqa paytida ishtirokchilarga maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilandi.

♻️ Jarayon davomida oʻquvchilar kuchli ishtiyoq va oʻziga boʻlgan ishonch bilan dona surishdilar.

Musobaqa natijasiga ko‘ra:

🥇1-o‘rin: Inomjonova Sabrina,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥈2-o‘rin: A'zamjonova Sabina, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi.
🥉3-o'rin: Ergasheva E'zoza, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

🏆Musobaqa soʻngida gʻoliblar  esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram | Facebook | Veb-sayt|
Instagram | Youtube