Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.66K videos
134 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Adabiyot_gulshani
#Nabixon_Chustiy_120_yilligi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchilari bilan "Adabiyot gulshani" to'garak mashg'uloti o'tkazildi. Bugungi mashg'ulot Nabixon Chustiyning 120 yilligiga bag'ishlandi.

Mashg'ulot avvalida pedagog-tarbiyachi o'quvchilarga shoir hayoti va ijodi haqida bir qator ma'lumotlar berib o'tdi. So'ngra o'quvchilar o'zlari bilgan ma'lumotlarni do'stlari bilan baham ko'rdilar.

Mahsulot davomida ijodkor she'rlaridan va g'azallaridan namunar yoddan o'qidilar va uning g'azali asosida yaralgan "Bo'lur" qo'shig'ini tingladilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram |Facebook| Instagram |YouTube
#estafeta

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish,sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida Muhammad Yusuf va Halima Xudoyberdiyeva ijod maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Sport hayot demakdir" shiori ostida estafeta o‘tkazildi.

❇️Musobaqa davomida ishtirokchilar "Lochinlar"  va "Burgutlar" nomlari ostida o‘zaro bellashadilar.Bunda:
🏐1-shart "start" chizig‘idan marraga yugurib yetib kelish;
🏀2-shart basketbol to‘pini savatga tushirishdan iborat edi.

🏆Musobaqa natijasiga ko‘ra do‘stlik g‘alaba qozondi.

🎗Estafeta so‘ngida  ikkala jamoa ham esdalik sovg‘alar bilan  taqdirlandi

🎯Biz ijtimoiy tatmoqlarda👇
Telegram | Facebook | Veb-sayt | Instagram | You tube
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari va Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mushoira o‘tkazildi.

Mushoira davomida o‘quvchilar shoirning qalamiga mansub eng mashhur va xalqchil she'rlar asosida bahr-u bayt uyushtirishdi.

Har ikkala maktab o‘quvchilari ham she'rlarni ifodali aytishdi.

🏆Mushoira so‘nggida ikkala jamoa ham teng qatnashib o‘rtoqlik g‘alaba qozondi va maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.

Bunday hamkorlikdagi tadbirlar o‘quvchilarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube