Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
OTA...

Ota, yuzlaringdan nur olmish oftob,
Peshona teringdan gullaydi jahon.
Ota — matonatdan bitilgan kitob,
Ko'nglidan kenglikni o'rganar osmon.

Ota, sochlaringda kumush jilosi,
Unda sho'xliklarim aksini ko'rdim.
Men sening mehringdan olib andoza,
Qalbimda tuyg'ular qasrini qurdim.

Kozyoshim sathidan uzilgan durlar,
Yuraging zirhiga otilgan toshmi.
Boshimni silagan, ey qadoq qo'llar,
Siz shoirqalbimning ilk tamaltoshi.

Umr daftaringning sarlavhasi biz,
Har bitta satrida bo'lgan namoyon.
Pokiza yuragim, toshqin yuragim,
Kozlaring nurida muhabbat ayon.

Tillo taxtim bordir qara, otajon
Sening issiq tafting taxtim emasmi?
Shoir bo'lmoqlikmas, aslida dildan
Senga she'r yozmoqlik baxtim emasmi?

✍️Dilnoza Jabborova

14.04.2024
23:58

🌟Bizni ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram | Instagram | Facebook Websayt | You Tube
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

YURAGIMGA...

*Bir kecha behosdan uyg'onib ketsam,
Yig'lab o'tiribdi yuragim yum-yum.
,,So'zla, tasalliga ko'milay" degan
Dardkashim boshida dardlar bir uyum.

Ne bo'ldi, qay xanjar nimta bag'ringni,
Tilka-tilka qilib otdi olovga.
Ayt, qaysi vijdondan judo bo'lgan zot
Seni hamroh qildi hijrondek yovga.

,,Charchadim tasalli bermoqqa hatto"
So'zlayman, so'zlarim chiqmas tilimga.
Men dardni ichimga ko'marman, ammo
Bu mushkul kul bo'lgan, xasta dilimga.

Bo'ldi, yig'lamagin, mavhum bir dardga
Chalinib, tunlarga dardisar yurak.
Seni g'arq aylagan ko'zyoshlar bir kun,
Meni ham butunlay cho'ktirsa kerak.

Tabassum degani yuzlarga oro,
Bizga-chi, istehzo bo'lar bu balkim.
Kel, tunlar yig'iga ko'milsin, kunlar
Istehzolar bilan o'tsin, yuragim!


*Muhammad Yusuf satrlari

✍️DILNOZA JABBOROVA
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook
Websayt | You Tube
#Tanlovga
#Shoir_Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

VATAN YAGONASAN


"Bobolar kalomi tilimda doim,
Sen uchun yuragim qoʻlimda doim"*
Otash sevging kuylar dilimda doim,
Rayhoning yastanar yoʻlimda doim.

Egmasin boshingni oʻzga yurt toshi,
Unutma, onamdek sensan durdonam.
Soʻnmasin hech qachon baxting quyoshi,
Oʻzingsan tanhom, oʻzing yagonam.

Temurning yurtisan, baland dovrugʻing,
Har bir togʻ-u toshing asli olmosdir,
Mudom hilpirasin bayrogʻing–tugʻing,
Muqaddas tuprogʻing otamerosdir.


*Muhammad Yusuf satrlari

Marjona Ilhomjonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf oʻquvchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Veb-sayt |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#videoroliklar_tanlovi

🏢  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

☑️  "Ulug'imsan Vatanim"  onlayn tanlovi

"ONAJON"
Muhammad Yusuf

👨‍🎓Ulug‘bek ABDUQODIROV
9-"A" sinf oʻquvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Besh_tashabbus
#Pionerbol_musobaqasi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

✔️ Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida

Sog' tanda-sog'lom aql

🏐7-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini tatbiq etish maqsadida sportning pionerbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

➡️ Musoboqa "Shunqorlar" va "Do'stlik" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

🥇Qizg'in va kutilmagan lahzalarga boy o'tgan ushbu musobaqada "Shunqorlar" jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdilar.

🏆Musobaqa g'oliblari maxsus esdalik sovg'alari va kubok bilan taqdirlandi.

⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Dastur_ijrosi_amalda
#Kamondan_öq_otish

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏹Yoshlarimizni jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lib yetishishlari hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil sport mashg'ulotlari va qator musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.  Xususan, ijod maktabimiz va  Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o'quvchilari bilan birgalikda kamondan o'q otish musobaqasi ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

🌟Ushbu musobaqada har ikkala tomon ishtirokchilari ham o'zlarining kamondan o'q otish mahoratlarini namoyon etdilar va natijada do'stlik g'alaba qozondi.

 
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🔔Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Chavandozlar_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏇🏇Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidan tashrif buyurgan o'quvchilar Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi o'quv markazining "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashg'ulotlarida qatnashishdi.

🤼‍♀️🤾‍♀️⛹️‍♀️Ijod maktabining o'quvchilari o'rtasida guruh shakllantirilib, sport musobaqalari asosida o'zaro bellashdilar.

👭Bo'sh vaqtlarini mazmunli va mahsulli o'tkazish yuzasidan tashkil etilgan bu kabi sayohatlar har bir o'quvchida a'lo taassurotlar qoldirdi.
 
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🔔Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM