Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Chiqindisiz_dunyo

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌳 Ijod maktabining faol o'quvchilari bilan "O'zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun" shiori ostida yaqin hududning yoʻl yoqasidagi chiqindilarni tozalash maqsadida aksiyasi tashkil etildi.

🌏 Aksiya doirasida o'quvchilar kichik guruhlarga boʻlinib, hududlarni tozalash ishlarini amalga oshirishdi.

O'quvchilarga zaruriy ashyolar, yelim qop va qoʻlqoplar, antiseptik vositalar, eko-sumkalar tarqatildi.

🟢 Chiqindisiz tashabbuslar ularni to‘g‘ri boshqarish, chiqindilar hosil bo‘lishini minimallashtirish va oldini olish, ekologik inqirozni bartaraf etish, atrof muhitni muhofaza qilish, inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.

Ushbu aksiya hududlar ozodaligini ta’minlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qilishidan iborat.


⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Ozbekiston_yoshlari_chiqindisiz_dunyo_uchun

🏢Ixtisoslashirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq bugun 8-"A" sinf o'quvchilari maktab hovlisida tozalik ishlarini olib bordilar. Jarayon davomida o'quvchilar atrofdagi chiqindilarni qutilarga yig'dilar va chiqindilar uchun mo'ljallangan maxsus ajratilgan joyga olib bordilar. O'rilgan maysalarni supurdilar va to'pladilar.
Bajarilgan yumushlar orqali o'quvchilar nafaqat atrof-muhitni tozaladilar, balki maktab texnik xodimlariga ham yordam berdilar.
Amaliy mashgʻulot o'quvchilar qalbida ezgulik tuyg'ularini yanada mustahkamladi.

❇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Oʻzbekiston_yoshlari_chiqindisiz_hayot_uchun

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌴So‘nggi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi tomonidan "Chiqindisiz hayot uchun" aksiyasi tashkil etilmoqda.
🌿Shu munosabat bilan ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari bilan darsdan soʻng "Chiqindilar, ularning turlari va qayta ishlash" mavzusida mashgʻulot tashkil etildi.
Mashgʻulotda tarbiyachi-pedagog tomonidan yurtimizda chiqindilarni qayta ishlovchi korxona va zavodlar tanishtirilib, ularning ekologiya hamda iqtisodiyotimizga keltirayotgan foydalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
🌲Oʻquvchilar chiqindilarning ekoolamga salbiy taʼsirlari, muammoni bartaraf etish choralari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

🌳Bizni kuzatishda davom eting 

TelegramI FacebookI Veb-saytI InstagramI YouTube
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌Ijod maktabida 11-sinf o'quvchilari ishtirokida Buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur va jahon madaniyati” mavzusida ma'naviyat-ma'rifat soati tashkil etildi.

💫
Ma'naviyat soatida sinf rahbar Shoxista Mamadaliyeva  Amir Temurning hayoti va sarkardalik mahorati haqida,  Sohibqiron barpo etgan Bibixonim jom'e masjidi,  Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht singari o‘nlab bog'lari  to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.
📘Ahmadqulova Mahliyo, Turg'unboyeva Gulsanam Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan olingan hikmatli so’zlarni yoddan o'qidilar.
Bobojonov Ne'matullo, Tojiboyeva Zuhra Amir Temur rasmini chizib, buyuk sarkardaga bo'lgan hurmatini izhor etdilar.
🔰Bizni kuzatishda davom eting
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram
 
https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I