#Teatr_ibratxonadir
🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🎭Ijod maktabimiz o'quvchilari Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Teatr ibratxonadir" festivalida ishtirok etib, O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva hayotiga bag'ishlangan "Halima" spektaklini namoyish etishdi. Unda o'quvchilarimiz buyuk tarixiy shaxslar, To'maris, Bibixonim, Zebiniso, Uvaysiy, Nodirabegim, Zulfiyaxonim hamda Halima Xudoyberdiyeva obrazlarini gavdalantirdilar va barchaga o'zgacha kayfiyat, zavq-shavq ulashdilar.
🔈Bizni kuzatishda davom eting!
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
🔔Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🎭 25-27-mart kunlari ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Teatr ibratxonadir" shiori ostidagi festivalda bizning ijod maktabimiz o'quvchilaridan iborat teatr jamoasi faol ishtirok etdi.
⚡️ Bugungi mazkur festivalda ishtirokchilarni munosib taqdirlash va uning yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Ijod maktabimizning "Navbahor" raqs ansambli unda o'zlarining "Kelinlar qo'zg'oloni" sahna ko'rinishi va bir qator milliy raqslar bilan ishtirok etdilar.
✨ Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼullari, teatr aktyorlari, pedagoglar va oʻqituvchilar ishtirok etdi.
⭐️ Tadbir so'ngida hakamlar hay'ati xulosasiga ko'ra, maktabimiz jamoasi “Halima” musiqali dramasi uchun “Eng yaxshi teatr jamoasi rahbari” nominatsiyasi boʻyicha g'olib deb topilib, diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandilar.
🔈 Bizni kuzatishda davom eting!
📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
🔔Telegram I✅ Facebook I 🌐 Veb-sayt I 🌐 Instagram I 📹 YouTube
🔔Telegram I
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#speaking_club
🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
✅Bugun ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchilari Ingliz tili to'garagida gapirish ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida "The cruel lion and the rabbit" ertagini o‘qib o‘rganishdi.
✅Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar "Free time activity" mavzusida o‘zlarini bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanishlari haqida gapirib berishdi.
✅O‘quvchilar mashg‘ulot so‘ngida "How do you imagine yourself after 5 years?" savoliga yozma javob berdilar.
✅ Bizni kuzatishda davom eting 👇
Telegram | Instagram | Vebsayt |Facebook | YouTube

#Yosh_ijodkor
KO'KLAM MADHI
Tund bulut egallar cheksiz osmonni,
Zamin uzra kezar sukunat tinmay.
Sukutga yo‘g‘rilgan eng shirin onni,
Namoyon aylagay aslo berkitmay...
Nogohon to‘kadi samo ko‘zyoshin,
O‘ynoqi tomchilar yer ko‘ksin yuvar.
Shabbodalar egib unsizlik boshin,
Xayollarga cho‘mgan borliqdan quvar.
So‘ngra yomg‘ir tinar ohista, asta,
Falak bag‘rin o‘yib chiqadi quyosh.
Butun olam nurga to‘lib birpasda,
Bahor kelganligin qilib qo‘yar fosh.
Uyg‘ongan nihollar cho‘za boshlar bo‘y,
Ko‘kka zeb beradi yetti rangli yo‘l.
Sabzalar taratib iforin xushbo‘y,
Go'zal va betakror bo‘lar o‘ng-u so‘l.
Allaqayda yangrar bulbullar sasi,
Hislarim siypalab esar yellar ham.
Dimoqqa urilib ko‘klam nafasi,
Ko‘nglim ko‘chalarin etadi ko‘rkam!..
Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I