Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Ehtirom
#Õzbekiston_xalq_shoiri

📚Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi

📚Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫O‘quvchilar bugungi mashg'ulotdan so‘ng unga quyidagicha nom berdilar: ,,Mashhurlarga havaskor emas, munosib shogird bo'lish kerak‘‘

💫O‘quvchilar va pedagog-ustoz Nigora Esanova tomonidan shoira Enaxon Siddiqova hayoti va ijodini o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulot o‘tkazildi.

💫O‘quvchilar shoiraning bir necha she'rlarini mahorat bilan ijro etishdi. Jumladan, Durdona Madaminova badiiy did bilan o‘qigan she'r barcha sinfdoshining qalbida birdek iz qoldirdi.

💫Mashg'ulot so'nggida shoira haqidagi videorolik namoyish etildi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook
Instagram I YouTube
#Yosh_ijodkor

***
Ko'kka peshvoz chiqar azim tog'laring,
Musaffo osmoning xayolim olgan,
Jannatdan parcha bu ko'rkam bog'laring,
Aqlimni shoshirib, yurakda qolgan.

Ko'hna tarixingni yodimga solsam,
O'tmishing tasvirlar oq-qora ranglar,
Bir kaft tuprog'ing qo'limga olsam,
Ko'ksimda mehring sozi jaranglar.

Olisda bo'lsam gar, dilda yo'q orom,
Bir zumda qo'msaydi vujudim seni,
O'zga yurt chamani ko'nglim qilmas rom,
Sen tomon yetaklar hislarim meni.


Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#yashil_makon

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 Bugun o‘quvchilarda ekomadaniyat ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida 9- sinf o‘quvchilari bilan maktabning qishgi bog‘ida amaliy ishlar olib borildi.

Dastlab tarbiyachi-pedagog tomonidan “Yashil makon” umummilliy harakatining maqsadi va mohiyati o‘quvchilarga tushuntirildi.
So‘ng esa bog‘dagi har bir gul va daraxtlarning qanday sharoitda o‘sishi, qanday o‘ziga xos xususiyati borligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

♻️ Amaliy mashg'ulot davomida o‘quvchilar o‘simliklarni qurugan shox-shabbalarini olib tashlashdi. Daraxtlarga suv quyib ularni tagini yumshatishdi.

❇️ Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Mashg‘ulot barcha o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Tashrif

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🇺🇿Bugun ijod maktabimizga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov tashrif buyurdi.

⚡️Tashrif davomida T.Poyonov ijod maktabimizda tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan tanishdi va faxriy mehmonlar kitobiga o'z dastxatini qoldirdi.

🔖Shuningdek, maktabimizning ijodkor va faol o'quvchilari bilan o'zaro suhbat o'tkazib, ularga o'zining samimiy tilaklarini yo'lladi hamda bir qator aktual takliflar bildirilib, mas'ul shaxslarga bu borada topshiriqlar berildi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🇺🇿Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mumtoz_adabiyot_sehri

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📝Bugun ijod maktabimizda 11-sinf o‘quvchilari uchun boburshunos olim Vahob Rahmonov tomonidan "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini sharhlab o‘rganish" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

💫Mumtoz adabiyotimiz durdonalarining bir qanchasini tabdilini nashrga tayyorlagan serqirra olim bugungi kunda Bobur asarlarining o‘rganilishi har bir adabiyot ixlosmandi uchun ezgu maqsad ekanligini ta'kidladi.

⚡️Shuningdek, o'quvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM