Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Forwarded from Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Сардорбек Сирожиддин ўғли)
#Diqqat_tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
1-yo‘nalish. Nazm yo’nalishi bo’yicha (shoir she’rlariga nazira bog’lash).
2-yo’nalish. Nasr yo’nalishi bo‘yicha (Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar Word,Times New Roman,12 shrift shaklida ).
3-yo’nalish. Badiiy publitsistika yo’nalishi bo‘yicha (essa yozish,shoir she’ridan tahliliy maqola Word,Times New Roman,12 shrift shaklida).

Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari va tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.

Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:
Tashkilotchilar manzili:
(+998979907409, +998911699820)

Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda to’qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblariga:
1-o’rin uchun (uchta yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom;
2-o’rin uchun(uchta yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom;
3-o’rin uchun(uchta yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi.

Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbirda taqdirlanadilar.

@piima_myim
animation.gif
11.2 MB
#Diqqat_tanlov🔊

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔰 Ijod maktabining 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori asosida online videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.

🟢 Tanlov shartlari:
✔️ Video ortida she'rni o'quvchining o'zi o'qishi;
✔️ Video sifatli bo'lishi;
✔️ Imkon qadar o'quvchining mualliflik she'ridan foylanishi kerak.(Ustoz shoirlar she'rlaridan foydalansangiz ham bo‘ladi)


"Eng yaxshi videorolik" nominatsiyasi bo'yicha g'oliblar Mustaqillik bayramida e'lon qilinadi. Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Web-sayt
#Diqqat_tanlov

⚡️"Konstitutsiya mening taqdirimda" videoroliklar tanlovi o'tkaziladi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan videoroliklar tanlovi o'tkaziladi.

Ushbu tanlovda viloyatimizdagi barcha o'quvchilar va o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

📝 Videorolikda yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yoritilishi hamda davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi lozim

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun olingan videoroliklar @sirdaryo_mmtb_bot ga yuboriladi. (1-dekabrdan 5-dekabr 23:59 gacha).

✔️ Gʻoliblar ovoz berish orqali aniqlanadi hamda diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM