Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mushoira_tanlovi

Bugun Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi ijodkor oʻquvchilari oʻrtasida Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan "5 bosqichli 5 tashabbus" olimpiadasi doirasida "Mushoira" tanlovining birinchi bosqichi oʻtkazildi. 14-19 yosh toifasi boʻyicha 60 dan ortiq hujjat topshirgan oʻquvchilardan 10 nafari saralashdan oʻtib, ular yana oʻz ijodi va "bahr-u bayt" bellashuvi orqali oʻzaro bellashishdi.
Tanlov yakunida bir kishini saralab olish hakamlarga qiyinchilik tugʻdirdi va Valijonova Dilfuza, Yorqinova Gulbahor, Mingboyeva Zulhayolarga 10-may kunigacha imkon berishdi. Hakamlar 10-may kuni ular orasidan 1-oʻrinni aniqlab olishga kelishishdi. Ushbu 3 ta oʻquvchilarimizdan biri 1-oʻrinni egallab, maktabimiz shaʼnini keyingi bosqichlarda ham munosib himoya qilishiga ishonamiz!

Omad yor boʻlsin, aziz oʻquvchilar!

Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
#Mushoira_tanlovi
#shahar_bosqichi

🏢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun Besh tashabbus olimpiadasi doirasida oʻtkazilayotgan "Mushoira" tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovning
♦️20-25 yosh toifasida
🥇1-oʻrinni maktabimizning "Ijodiy" toʻgaragi rahbari Quddus Asad;
♦️14-19 yosh toifasida
🥇1-oʻrinni 10-sinf oʻquvchisi Sitora Naimjonova egallab, viloyat bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Gʻoliblarimizga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!👏

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
#Mushoira

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, viloyat "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan "Mahallada yoshlar mushoirasi" loyihasi o'tkazilib, tuman va shaharlardan iste'dodli yigit-qizlar, jumladan, Halima Xudoyberdiyeva maktabining o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻafurjon Mirzayev tomonidan alohida eʼtirof etildi.

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
Forwarded from QUDDUS ASAD
#5_tashabbus_amalda
#Mushoira

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 8-sinflar oʻrtasida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada oʻquvchilar Hamid Olimjon sheʼrlaridan bayr-u bayt bellashuvini oʻtkazishdi. Bu esa oʻquvchilarning shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi. Mushoira oxirida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tadbir oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar: Quddusbek Asadullayev & Dildora Tuychiyeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

   📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning qalamiga mansub she'rlari tahlil qilinib,  mushoira o‘tkazildi.
    O‘quvchilardan Saidmurodova Ruxshona, Farhodova Feruza, Tuvalova Farangiz shoirning she'rlarini ifodali o‘qib o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra, Saidmurodova Ruxshona g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bundan tashqari Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_tavalludining_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavalludining 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning she'rlari asosida mushoira o'tkazildi.
Dastlab, tarbiyachi-pedagog tomonidan o‘quvchilarga shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tildi. Toshpo‘latova Mushtariy, Abdunabiyeva Surayyo shoir ijodi haqida o'z fikrlarini berib o‘tdilar.
Mushoira boshlangach, Mirzaqulova Iroda va Rahmatullayeva Aziza mushoiraning "Eng faol ishtirokchisi" deb topildi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Adiblar_xiyoboni
#Mushoira_etadi_davom

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝 Bugun Adiblar xiyobonida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bir guruh ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida mushoira tashkil etildi. Mushoirada ijod maktabi o‘quvchilari adabiy merosimizning bebaho namunalariga murojaat qilishib, tabiat qo‘ynida she’riy lahzalardan o‘zaro zavq olishdi. She’riyat kechasiga aylangan mazkur davra suhbatida o‘zbek she’riyatiga oid fikr-mulohazalar ham tinglangdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram IFacebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#mushoira
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰Bugun o‘quvchilarda vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori asosida ochiq osmon ostida mushoira o‘tkazildi. Mushoirada o‘quvchilar ustoz shoirlar hamda o‘z ijodiga mansub Vatanni madh etuvchi she‘rlardan namunalar o‘qidilar.

Mushoira qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Xalqaro_qizlar_kuni
#mushoira_zavqi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💥Qizlar millatning koʻrki, millatning kelajagi hisoblanadi.
Qizlarning maʼnaviy yetuk,komil inson boʻlib oʻsishida taʼlim-tarbiyaning oʻrni nihoyatda katta.

💫11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf oʻquvchi qizlari oʻrtasida oʻzbek shoiralari ijodi yuzasidan "Mushoira" kechasi oʻtkazildi.

📕 Mushoirada oʻquvchilar Zulfiya Isroilova,Halima Xudoyberdiyeva,Oydin Xojiyeva kabi nafis qalam sohibalarining sheʼrlarini maroq bilan oʻqishdi. Oʻtkazilgan mushoira juda qizgʻin va taassurotlarga boy tarzda oʻtib, oʻquvchilarning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini yana bir pogʻonaga oshirdi.

📙Mashgʻulot soʻngida ishtirokchilarimiz esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, she'riyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Ogahiy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarining 9-sinflari o‘rtasida mushoira tashkil etildi.

Ikkala maktab o‘quvchilari ham mushoirada juda faol ishtirok etishdi. Do'stlik g‘alaba qozondi. Mushoira so'ngida ikkala jamoa ham taqdirlandi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube