Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
12.5K photos
1.75K videos
195 files
3.28K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#She’r_zavqi

📜12-dekabr – oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligi

Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.
Shunda ko'rdi ko'zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo'yi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo'qoldim.
Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda
!

👉Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳалима Худойбердиева номидаги ижод мактаби Мадҳиямизни куйлаш бўйича Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан ўтказилган танловда республика мактаблари ўртасида 1-ўринга муносиб топилди
🔥4
Forwarded from QUDDUS ASAD
#5_tashabbus_amalda
#Mushoira

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 8-sinflar oʻrtasida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada oʻquvchilar Hamid Olimjon sheʼrlaridan bayr-u bayt bellashuvini oʻtkazishdi. Bu esa oʻquvchilarning shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi. Mushoira oxirida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tadbir oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar: Quddusbek Asadullayev & Dildora Tuychiyeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
🔥1🤬1
#Ijodiy_uchrashuv

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📙📙📙 Bugun ijod maktabida “Sirdaryolik qiz”, “Ko‘ngil tilining izohli lug‘ati”, “Dilnurbitik” kitoblari muallifi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Husniddin Hayit bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

📝📝 📝 Mazkur ijodiy uchrashuvda bilim dargohining 10-sinf o‘quvchilari qatnashib, shoir ijodidan bahramand bo‘lishdi. Shuningdek, yakunda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ijodiy uchrashuv mehmonidan javob olishdi.

© Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi

🌐📷 Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
🔥2🤬1
🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligigi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

👨‍🎓 O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 7-,,B'' sinf o'quvchilari ,,Bir asar tahlili" loyihasi asosida butun turkiy xalqlarining iftixori bo'lmish Chingiz Aytmatovning ijodi bilan yaqindan tanishishdi va yozuvchini jahonga tanitgan ,,Birinchi muallim" qissasi tahliliga to‘xtaldi. Bu qissa 1962-yilda yozilgan.

O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda asarning Audio matni bilan qisqacha tanishib chiqdi. Savol-javob asosida asar tahlil qilindi.

Qissani o‘qigan o‘quvchi qalbi o‘z boshidan kechirgan voqealarni hikoya qilayotgan Oltinoy Sulaymonovaning birinchi muallimi --- Duyshenga nisbatan juda iliq munosabat paydo bo‘ladi. Muallim --- o‘zini anglagan inson, o‘z ishiga, xalq ishiga fidoyi ziyoli kishi ekanligi o‘quvchilarga uqtirildi.

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi.

Tarbiyachi-peagog: Maxsuda Xolmatova

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🤬1