Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#5_tashabbus_amalda
#Tikuvchilik

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🧵Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 7-"A" sinf oʻquvchilari "5 muhim tashabbus"ning 5-yoʻnalishi boʻyicha tikuvchilik sirlari bilan tanishib bormoqdalar. S.Nurmatova, Sh.Rustamjonova, D.Abdumajidova, M.Muhammadjonova kabi oʻquvchilar qizlar koʻylagini bichish va turli bezaklar berish sirlarini oʻqituvchilaridan qunt bilan oʻrganishmoqda.

👩‍🏫Tarbiyachi-pedagog: Musurmonqulova Feruza

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Forwarded from QUDDUS ASAD
#5_tashabbus_amalda
#Mushoira

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 8-sinflar oʻrtasida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada oʻquvchilar Hamid Olimjon sheʼrlaridan bayr-u bayt bellashuvini oʻtkazishdi. Bu esa oʻquvchilarning shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi. Mushoira oxirida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tadbir oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar: Quddusbek Asadullayev & Dildora Tuychiyeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#5_tashabbus_amalda
#Viktorina

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 114 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 9-sinflar oʻrtasida viktorina oʻtkazildi.

❇️ Viktorinada oʻquvchilar Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid savollar bo‘yicha bellashdilar. O‘quvchilarning faolligi shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi.

Viktorina oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube