Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.8K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus_amalda
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining__75_yilligi
#Sport_tadbiri_yakuni

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫💫💫O'zbekiston Xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan shoira xotirasiga bag'ishlangan harbiy sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tanlovda umumiy jamoa bo'yicha:
🥇-o'rin 10-sinf o'quvchilariga;
🥈-o'rin 9-"A" sinf o'quvchilariga;
🥉-o'rin 9-"B" sinf o'quvchilariga nasib etdi.

🎗🎗🎗Taqdirlashda Mudofaa ishlari boshqarmasi xodimi A.Botirov, "BEK" klaster MCHJ xodimi Olim Turdiyevlar so'zga chiqib, o'quvchilarning yutuqlari bilan tabrikladi va esdalik sovg'alarni topshirishdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting

🔹Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#5_tashabbus_amalda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Darsdan soʻng 8-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida shashka musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada oʻquvchilar bir-birlari bilan qizgʻin bahs olib borishdi. Bellashuv soʻnggida Boboyeva Sugʻdiyona gʻolib deb topildi va sinf tarbiyachisi tomonidan taqdirlandi.

Quddus Asad,
8-"A" sinf tarbiyachi-pedagogi


📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram I Facebook /Veb-sayt  Instagram | YouTube
#5_tashabbus_amalda
#Tikuvchilik

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🧵Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 7-"A" sinf oʻquvchilari "5 muhim tashabbus"ning 5-yoʻnalishi boʻyicha tikuvchilik sirlari bilan tanishib bormoqdalar. S.Nurmatova, Sh.Rustamjonova, D.Abdumajidova, M.Muhammadjonova kabi oʻquvchilar qizlar koʻylagini bichish va turli bezaklar berish sirlarini oʻqituvchilaridan qunt bilan oʻrganishmoqda.

👩‍🏫Tarbiyachi-pedagog: Musurmonqulova Feruza

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Forwarded from QUDDUS ASAD
#5_tashabbus_amalda
#Mushoira

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 8-sinflar oʻrtasida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada oʻquvchilar Hamid Olimjon sheʼrlaridan bayr-u bayt bellashuvini oʻtkazishdi. Bu esa oʻquvchilarning shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi. Mushoira oxirida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tadbir oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar: Quddusbek Asadullayev & Dildora Tuychiyeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#5_tashabbus_amalda
#Viktorina

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 114 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 9-sinflar oʻrtasida viktorina oʻtkazildi.

❇️ Viktorinada oʻquvchilar Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid savollar bo‘yicha bellashdilar. O‘quvchilarning faolligi shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi.

Viktorina oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube