Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabidan_bayram_tabrigi
#xush_kelding_yangi_kun

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchi hamda o'quvchilari tomonidan tayyorlangan chellenj

"Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi"



Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Navro'zim keldi

Chok tushgan baxtlarni tiklamoq kerak,
Gard tekkan shahdlarni tiklamoq kerak,
Darz ketgan ahdlarni tiklamoq kerak,
Ollohdan so'ragan Navro'zim keldi!

Qo'limiz ochaylik ulug' duoga,
Shukronalar yetsin arshi aloga,
Salovat aytaylik, kel, Mustafoga,
Ollohdan so'ragan Navro'zim keldi!

Dillardan o'chiring gina-hasratni,
Do'stlikka do'st aylang chin adovatni,
Boshga gulchambarlar aylangiz baxtni,
Ollohdan so'ragan Navro'zim keldi!


Zulhayo Mingboyeva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi
Наврўз айёмингиз муборак бўлсин!

Сизни гўзал диёримизга қутлуғ қадамлар ила кириб келган фасллар маликаси баҳорнинг янгиланиш ва яшариш, эзгулик ва меҳр оқибат айёми - Наврўзи олам билан самимий муборакбод этаман!

Баҳорнинг табаррук айёми Сизга, оилангизга ва ҳар бир хонадонга тинчлик, осойишталик, рисқ-насиба, олам-олам севинч ва бахт олиб келсин!

Ҳурмат билан
Турсуной Раҳмонбердиевна
Ассалому Алайкум!

Сизларни бугунги янгиланиш яшариш байрами бўлмиш Наврўз айёми билан чин дилдан муборакбод этамиз!

Шу муносабат билан сизга оилавий бахт, хотиржамлик, соғлик, омад ва шодлик тилаймиз!

Нимаки ниятларингиз бўлса барчаси ижобат бўлши тилакдошмиз. Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, мустақиллигимиз абадий бўлсин.

Шунингдек кўтаринки кайфият доимий ҳамроҳингиз бўлсин!

Барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад, хонадонларингизга файзу-барака тилаймиз.

Байрамингиз муборак бўлсин! 💐
YURTSEVAR SHOIR

Abdulla Oripovga

Buyuk mamlakatning tanti o‘g‘loni,
She’rlarin barchasi qalbiga doir.
Bir umr yashadi olovday yonib,
Diyorin ardoqlab yurtsevar shoir.

Ko‘ngli ham tozadir oq qog‘oz misol,
Zahmatkash bu inson dillarga suyuk.
She’rlari barchani qoldirgandir lol ,
Dunyoni zabt etgan neko‘zlik buyuk
.

Abdunabiyeva Surayyo
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabida_bayram_shodiyonalari
#xush_kelding_yangi_kun

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida "Xush kelding,Navro'zi olam" bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Bayram tadbirida ijod maktabining ijodkor o'g'il qizlari tomonidan musiqali badiiy chiqishlar tashkil etildi.
Maktab jamoasi o'quvchilar uchun tanlov shartlari asosida bayram dasturxoni tayyorlashdi. Tadbir davomida turli tanlovlar tashkil etilib,jamoalar maktab direktori tomonidan belgilangan nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
Bayram o'quvchilarning kuy-qo'shiqlari,raqslariga ulanib,barchaga olam-olam quvonch ulashdi.

📹Sizlar uchun bayram tadbirdan videolavhalar

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabida_bayram_shodiyonalari
#xush_kelding_yangi_kun
#milliy_qadriyatlar
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🏆"Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida o'tkazilgan "Xush kelding,Navro'zi olam" bayram tadbirda milliy xalq o’yilari hamda varrak uchirish musobaqalari tashkil etildi.

📹Sizlar uchun videolavhalar

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Forwarded from Ijod bog‘idan guldasta
* * *

O'zimni axtardim,tun bo'yi,
Dilimda hamono dard tuyg'u.
Qayerdan kelardi ko'zimga,
...uyqu.

O'zimni izlagan kitobdan,
O'zimni topolmay tentidim.
Bo'lmasa, qani ayt, Xudojon,
...kim edim?

Bog'imda to'g'onoqgullarning,
Tikoni ko'ksimga sanchildi.
Kesilib ketganday yuragim,
...achidi.

Sukunat shovqini jarangdor,
Yurakda to'polon,jim xona.
Hali topilmagan o'zligim,
...begona.

Kechikib topdimmi?
bilmadim!
Yoki kech qidirdim,oy qizin.
Men o'zim bo'laman qismating,
...yulduzi.

Nigohlar tutashgan onidan,
O'zlikning qo'shig'in "eshit jim".
Yarq etib ko'zingda porlagan,
...men edim,
...men edim,
...men edim.


Dilfuza Valijonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi
* * *

Qushlarning kuylashi ulashar shodlik,
Yurtimning quvonchi yetdi nahorga.
Bulutlar ortidan ergashar soflik,
Demak, bu yashillik monand bahorga.

Ko'klamning nafasin keltirdi yellar,
Bahorning madhini kuyladi yillar.
Deraza oldida gulladi daraxt,
Tabiat uyg'ondi, bu qandayin baxt.


Odina Yoʻlchiyeva
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi
* * *

Zuhrajon, qayerda aqldan ozdim?
Qo'ynimda qay ilon saqlab keldi jon?
Yoʻq, yora olmayman senga dardimni,
Daydigan hislarim, qara, bemakon..

Zuhrajon, bezabon yashash qismatmi?
Sen meni sukutdan anglab olgin,
HA!
Sening roʻmolchangga koʻz yoshlar tomgan,
Mening yigʻlayverib, dilim namiqqan...

Zuhrajon, qayerga ketmoq istayman?
Nega bu odamzod shu qadar yomon.?!
Dunyolarga sigʻmay ketyapman desam,
"Xudoning yoniga bor" deysan hamon..!
"Xudoning yoniga bor"deysan hamon!

Zuhrajon, qayerda aqldan ozdim..?


Dilfuzaxon Valijonova
Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi
#Halollik_va_mas'uliyat

🛖Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌄 9-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Halollik va mas'uliyat-bosh mezon" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

🌠9-sinf tarbiyachisi: Axmatqulova Mahfuza

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Sport_soğlik_garovi

🚴‍♀️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi

⛹‍♀️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🤼‍♀️7-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Sport-sog'lik garovi" mavzusi ostida musobaqa tashkil etildi

🤾‍♀️7-sinf tarbiyachisi: To'ychiyeva Dildora

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Zakovat_Intellektual_Ring

🟢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Ijod maktabida Zakovat Intellektual ring o'yinining navbatdagi tur bellashuvi bo'lib o'tdi.

📖9-A sinf hamda 9-B sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.

✳️Bellashuv yakunida jamoalar durrang natija qayt etishib har ikkala jamoa 5 balldan qo'lga kiritishdi.

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I