Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Tilim_faxr_iftixorim

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan 21-oktyabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan "Tilim-faxr-u iftixorim" mavzusida mashg'ulot tashkil etildi.

Mashg'ulot avvalida o'quvchilar Alisher Navoiyning til haqidagi hikmatlarini navbat bilan aytishdi.

O'quvchilar tilimizning tadrijiy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyotida muhim rol o'ynagan arboblar haqida aytib o'tishdi. Buyuk mutafakkir A.Navoiy hissasini asarlari misolida tahlil qilishdi.

Suhbat so'ngida Erkin Bozorovning "Ona tilim, omon bo'l" nomli video lavhasini tomosha qilishib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

❇️ Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida ona tiliga bo'lgan hurmat va faxr tuyg'ularini mustahkamlaydi.

Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Ilmiy_izlanishlar
#Xalqaro_konferensiya

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tuychiyev Zafar Nordonqulovichning “SO‘FIYLIKNING ASOSIY FALSAFIY VA MA’ANAVIY-AXLOQIY TAMOYILLARI” nomli ilmiy maqolasi ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA o'tkazilgan “TA’LIMDA TADBIRKORLIK UNESCO-APEID (OSIYO TINCH OKEANI RIVOJLANISHI UCHUN TA’LIM INNOVATSIYALARI DASTURI ) 10-KENGASHI DOIRASIDA “YOSHLAR KELAJAGI VA TA’LIMDA TADBIRKORLIK” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya to‘plamida nashr etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I