Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mirzo_Ulug'bekning_630_yilligi

#Vertual_sayohat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ajdodlarimizning buyuk tarixiga guvoh bo'lgan respublikamizda joylashgan tarixiy obidalarga vertual sayohat uyushtirildi.

Bunda Samarqandda joylashgan Mirzo Ulug'bek observatoriyasi haqida o'rganildi. Tarbiyachi-pedagog Abdullayeva Umida tomonidan bir qancha ma'lumotlar berildi.

❇️Bu kabi tadbirlar o'quvchilar o'rtasida tarixga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda yordam beradi.


🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#besh_tashabbus_amalda


🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Sport-sog‘lik garovi.

🌈Bugun ijod maktabining 9-"A" va 9-"B" sinf o'quvchilari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏀O‘quvchilar ikki guruhga bo'lingan holda o'yinni boshlashdi.
"Epchillar" jamoasi avvaliga shiddat bilan harakat qilishdi. Chaqqonlikni qo'ldan boy berishmadi.

💫So‘nggi daqiqalarda esa "Quvnoqlar" jamoasining qo‘li baland kela boshladi. Nihoyat, " Quvnoqlar" jamoasi g‘oliblikni uddalashdi.

🌈Tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova hamda jismoniy tarbiya ustozi A.Mirazimov hamkorligida o‘tkazilgan bu musobaqadan o'quvchilar juda katta taassurot olishdi.

⚡️Bu kabi sport musobaqalari bolalarning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib kamol topishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#Odob_axloq_qoidalari

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchilari bilan birgalikda odob-axloq qoidalari yuzasidan suhbat o'tkazildi.

❇️ Suhbat avvalida tarbiyachi-pedagog tomonidan odob-axloq qoidalari, ajdodlarimiz o'gitlari, buvilarimizning qizlarga aytgan nasihatlari haqida aytib o'tildi.

Tarbiyachi-pedagog F. Musurmonqulova "Qizning ziynati odobida" ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

❇️ Qiziqarli suhbat davomida o'quvchilar o'zlarining ham fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Odoblilik oiladan boshlanishini tushunib olishdi. Axir xalqimiz aytganidek "Qush uyasida ko'rganini qiladi".

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Telegram_Facebook_Instagram_YouTube
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

2024 yil 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Aliqulovich Qarshiyev ijod maktabiga amaliy tashrif buyurdilar.

General-mayor H.A.Qarshiyev Konsepsiyaga muvofiq jihozlangan “Harbiy-vatanparvarlik targ‘iboti o‘quv sinfi” va “Jasorat burchagi” hamda “Vatan tayanchi” harakati otryadi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunida general-mayor H.A.Qarshiyev maktabda Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha qilingan ijobiy ishlar yuzasidan maktab direktori P.Axmedjanovaga hamda YVRTBDO‘-HCHT rahbari rezervdagi podpolkovnik U.Aynabekovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I