Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
872 subscribers
12.5K photos
1.77K videos
195 files
3.29K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#ijodiy_uchrashuv

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
🏛Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qaroriga asosan
🏢Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining, Ma'naviyat bo'limi rahbari Sirojiddin Eshbo'riyev boshchiligidagi professor o'qituvchilar bilan hamkorlikda ijod maktablari oʻquvchilari uchun milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
🎤Tadbirni ijod maktabi direktori Pokiza Ahmedjanova ochib berdi va bu ijodiy hamkorlik hali davomli bo'lishini ta'kidladi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o'quvchilar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
🔥21🕊1
#mahorat_darsi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
🏛Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qaroriga asosan
🏢Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining,  professor o'qituvchilari:Nodirov Farxod hamda Saodat Qambarova ishtirokida ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan mahorat darsi tashkil etildi.
📜Mahorat darsi davomida o'quvchilar Gomer qalamiga mansub yunon epik dostoni "Odisseya" haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotga ega bo'lishdi.
👨‍💼Dars yakunida o'quvchilar ushbu doston  va undan olgan taasurotlari haqida so'zladi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
👍2
#Xushxabar
#Adabiy_aloqalar
#Ozarboyjon

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ijod maktabi o'qituvchisi Husniddin HAYITning turkum she'rlari Ozarboyjonning YAZARLAR.AZ saytida e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali mutolaa qiling: https://yazarlar.az/2024/09/26/husniddin-hayit/

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Zakovat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oʻquvchilarning tafakkurini yanada oshirish, zehnlarini oʻtkirlash, olgan bilimlarini mustahkamlash, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini haftaning har payshanba kuni oʻtkazib kelinmoqda.

Bugun ham bu bellashuv "Ko'hinur", "Idrok", "Dinamit", "Qaqnus", "Kelajak avlodlari", "Iqtidor" jamoalari oʻrtasida tashkil etildi.

Oʻyin qizgʻin bahs va ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Jarayonda barcha jamoa ishtirokchilari o'zlarining topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etishdi. Yakunda hisoblangan natijalarga ko'ra kuzgi mavsum 2-turi mutloq gʻolibi "Iqtidor" jamoasi deb topildi.

❇️Muntazam ravishda uyushtirib kelinayotgan bu oʻyin oʻquvchilar intellektual salohiyatini yanada oshishida alohida ahamiyatga ega.

🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👍1
#Ustoz_otangday_uluģ
#Bayram

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️10-"A" sinf o'quvchilari uchun "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan sinf rahbari Mohidil Ziyayeva tomonidan "Kasblar ichida eng ulug'i..." mavzusida ma'naviyat soati tashkil etildi.
Dars davomida o'quvchilarga ustozlik kasbining qanchalar ulug'vor va mas'uliyatli kasb ekanligini qarashlari hamda asarlardan misollar orqali tushuntirib berdi.
🔅Jo'rovozlikda "Ustoz yaxshi-da" qo'shig'i kuylandi.
⚡️Kelajakda o'qituvchilik kasbini egallash orzusida bo'lgan o'quvchilar tengdoshlari bilan birga ushbu kasbni ulug'lovchi sahna ko'rinishini ijro etdi.
O'quvchilar bayram bilan ustozlarini tabriklab, she'riy tabriklari va dil izhorlarini bayon etishdi.
Dars ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi va o'quvchilarga hayoti davomida yordam beradigan fikrlar aytib o'tildi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
👍61