Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
743 subscribers
12.1K photos
1.74K videos
167 files
3.11K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#psixologik_trening
#biz_bir_jamoamiz


🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan 7-sinf o’quvchilari o’rtasida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

📌Treningdan asosiy maqsad: Jamoada moslashuvchanlikni oshirish, sinf o’quvchilarini bir-birini tushuna olishiga ko’maklashish, o’zaro hurmat, mehr, ishonch tuyg’ularini shakllantirish.

🌟Trening davomida o’quvchilar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishdi. Treningdan kerakli xulosalarni olishdi☀️

💫Psixologik treninglar o’quvchilarni bir-birlari bilan hamjihat va ahil bo’lishlarida hamda yuqori kayfiyat bilan darslarni samarali o’zlashtirishlarida katta yordam beradi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook |Veb-sayt | Instagram | YouTube |
#Muzeyga_sayohat

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeyda saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.

Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

Ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda ijod maktabining 7- sinf bilimdon o'quvchilari Halima Xudoyberdiyevaning muzeyi bilan yaqindan tanishdi.


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#gigiyena_qoidalari

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Gigiyenaga rioya qilish har bir òquvchining eng muhim vazifasidir.
Shuning uchun maktab hamshirasi Hamidova Gulasal 8-"A" sinf o'quvchilari bilan suhbat òtkazdi.

"Pokliging-soģliging" mavzusidagi bu suhbatda hamshira òquvchilarning shaxsiy, yotoqxonadagi gigiyena qoidalari haqida tushuncha berdi.

Soģliqni mustahkam saqlash uchun ,albatta, gigiyena qoidalariga rioya qilish lozimligi aytib òtildi.

Òquvchilar bu suhbat natijasida "Tozalik- soģlik garovi" ekanligiga yana bir bor amin bo'lishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram IYoutube Facebook I Veb-sayt
#psixologiya
#trening


Yana bir trening bizda🌈

☀️7-sinf o’quvchilarimizni maktabimizga moslashish jarayonlarini osonlashtirish uchun qo’limizdan kelgancha harakat qilyapmiz.

🌟Trening mavzusi “Tortinchoqlikni bartaraf etish” Treningimiz so’nggida o’quvchilar bir birlariga “Quyosh metodi” dan foydalanib ijobiy fikrlar bildirishdi. Qizlar treningdan o’zlariga kerakli xulosalarni olishdi. Trening ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

⚡️Trening Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram IYoutube Facebook I Veb-sayt