Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Men_yangi_Õzbekiston_farzandiman

Halima Xudoyberidyeva nomidagi ijod maktabining 7-“A”sinfida Mamadaliyeva Shoxista rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bog‘ishlangan mustaqillik darsi tashkil etildi.
Mustaqillik darsida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi rahbari Shoira Qarshiboyeva mehmon bo‘ldi.
 Mustaqillik darsi 7-“A” sinf o‘quvchilari ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini kuylash bilan boshlandi. 
Dars davomida sinf rahbari Mamadaliyeva Shoxista quyidagi ma'lumotlarni keltirib o'tdi:
"Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda" deya olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Xavfsizlik_qoidalari

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun 8-“B” sinf o’quvchilar bilan Texnika a xavfsizlik qoidalari va yo'l harakati qoidalari bo’yicha davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo'l harakati qoidalariga amal qilinmagan holatlarda hosil bo'ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda elektr tarmoqlari va uskunalaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#bir_bolsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_vatanmiz

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan 8-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda o‘quvchilar mustaqil Vatanimizning hozirgacha bo‘lgan tarixiy hayotiga nazar soldilar.

Ijodkor qizlar "Bir bo'lsak–yagona xalqmiz, birlashsak–Vatanmiz" mavzusidagi mustaqillikni, ona diyorimizni madh etuvchi she‘rlari bilan ishtirok etishdi.

Tarbiyachi-pedagog tomonidan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk insonlar, allomalar, shoirlar, sportchilarning ibratli hayot yo‘li haqida ma'lumotlar berildi.

Bu mavzudagi davra suhbatlari o‘quvchilar qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat tuyg'ularini kamol toptiradi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Facebook I YouTube | Instagram I