Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.8K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari bilan o'zbek adibi Murod Muhammad Doʻst ijodiga murojaat qilinib, uning "Lolazor" romani bilan tanishildi.

📚Adibningning hayot yo'li, ijodi va uslubi haqida Hazratqulova Ruqiya soʻzlab oʻtdi.
📖 Egamqulova Shahnoza asarda sovet davrining soʻnggi yillariga kelib kuchaygan turgʻunlik davri va u olib kelgan iqtisodiy, maʼnaviy tanazzulning oʻsha davrda yashagan insonlar hayotida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berilgani, roman 1988-yilda chop etilgani,1989-yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga loyiq deb topilgani, asardagi bosh qahramonlar:Nazar Yaxshiboyev, Xorun Kalonov, Oliya, Muhsina, Saidqul Mardonovlarning xarakterlari haqida soʻzladi.

📜Suhbat yakunida asardan parcha mutolaa qilindi.

🗞Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoy tarmoqlarda 👇

|Telegram| Facebook| Instagram| Youtube| Web-sayt
#Adabiyot_gulshani
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun maktabimizning 7-"A" sinf o'quvchilari bilan mumtoz adabiyotimizning yirik vakili Alisher Navoiyning shoh asari–"Xamsa" dostoni yuzasidan ijodiy suhbat òtkazildi.

"Xamsa" asaridagi har bir doston" Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai Sayyor", " Saddi Iskandariy" òquvchilarda katta taassurot uyg'otdi.

Asar tahlili jarayonida òquvchilar buyuk mutafakkir bobomiz Navoiy "Xamsa" sining naqadar gòzal asar ekanligiga yana bir bor amin bo'lishdi.


🗞 Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram|Facebook| Instagram | Veb-sayt | You Tube |
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini oshiradi. Yaxshi kitob o‘qigan sari kishida hayotga o‘zgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
📗Bugun 10-sinf o'quvchilari bilan o'zbek adibi O.Yoqubovning "Diyonat" asari mutolaa qilindi.
📔Asar qahramonlari Otaqoʻzi, Haydar, Normurod Shomurodovlar. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining o‘zaro ziddiyati asar falsafasini–diyonat,or-nomus, iymon-e’tiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilg‘ab olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zaro murosasiz jang shaxs o‘zligini anglashga da’vat etadi.
📖Mashgʻulotda oʻquvchilar asardan parchalar oʻqib syujeti, qahramonlar xarakterlari boʻyicha bahs-munozaraga kirishishdi.
🖌 Yozuvchining oʻziga xos tili, tasvir talqiniga egaligini eʼtirof etdilar.

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇

TelegramI FacebookI🌐Veb-sayt
🌐InstagramI📹YouTube
#Bir_asar_tahlili
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🎓O'quvchilarning bo'sh vaqtlariniq mazmunli o'tkazish maqsadida, 8-"B" sinf o'quvchilari bilan O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad ijodida alohida o'rin tutgan "Ufq" trilogiyasi tahliliga bag'ishlandi. Asarda XX asr o'rtalarida xalq boshiga tushgan urush musibatlari, hijron alamlari odamlar ko'ksidagi armonlar yozuvchi iste'dodiga xos ehtiros, zo'r ilhom bilan aks ettirganini tarbiyachi-pedagog ta'kidlab o'tdi. Asardagi Nizomjon, Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar o'quvchi xotirasida abadiy qoladi.

📚Mashg'ulotda davomida "Ufq" spektakli tomosha qilindi.

🖇Bunday mashg'ulotlar o'quvchilarda badiiy asarga muhabbatni oshiradi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram I Facebook | Instagram I YouTube
#Bir_asar_tahlili

🏢 lxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📗Kitob- insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va maʼnaviy kamolotiga yordam beradi.
💥Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida Muhammad Sharif Gulxaniy qalamiga mansub "Zarbulmasal" asari yuzasidan 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida mashgʻulot tashkil etildi.
⚡️Avvalo, tarbiyachi-pedagog tomonidan asar haqida maʼlumot berildi.
⚡️ Oʻquvchilar toʻplamda keltirilgan masallar syujeti, timsollarning oʻzaro ziddiyatlari, falsafiy va purhikmat oʻgitlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |
#Bir_asar_tahlili

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash,badiiy
asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish maqsadida ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan P.Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari mutolaa qilindi.
Asarni oʻqish jarayonida Humoyunning saltanatni boshqarishi,ichki va tashqi dushmanlarga qarshi mardonavor kurashi,taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari haqida mulohazalar yuritildi.
⚡️Shuningdek, "Avlodlar dovoni" asarida bayon etilgan tarixiy shaxslar, joylar haqida oʻquvchilar tomonidan qiziqarli dalillar keltirib oʻtildi.
⚡️ Yakunda oʻquvchilar "Avlodlar dovoni" asaridan olgan taassurotlarini boshqa tengdoshlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Mashgʻulot oʻquvchilarga manzur boʻldi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini oshiradi.Yaxshi kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
📗Barchaga ma'lumki, boʻlgʻusi abituriyentlar uchun 2025-2026-oʻquv yili test imtihonlari savollari shakllantiriladigan badiiy adabiyotlar roʻyxati tasdiqlandi. Darsdan soʻng 11- sinf oʻquvchilari oʻrtasida ushbu roʻyxatga kiritilgan S.Ahmadning "Jimjitlik" asari mutolaa qilindi.
📔Asar qahramonlari Tolibjon, Mirvali, Aziz -har biri oʻziga xos xarakterga ega obrazlar. Asar syujeti diyonat, or-nomus iymon-e’tiqod kabi insoniy sifatlar uchun kurash asosiga qurilgan.
📖Mashgʻulotda oʻquvchilar asardan parchalar oʻqib syujeti, qahramonlar xarakterlari boʻyicha bahs-munozaraga kirishishdi.
🖌 Yozuvchining oʻziga xos tili, tasvir talqiniga egaligini eʼtirof etdilar.

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇

Telegram Facebook 🌐Veb-sayt
🌐Instagram 📹YouTube
#Bir_asar_tahlili


🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida Said Ahmadning "Jimjitlik" romani tahlil qilindi.

🔰Mashg'ulot davomida Eahqulova Dilnoza "Jimjitlik" – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman ekanligi va bu roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag'ishlangani haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tdi.

Bundan tashqari o'quvchilar romandagi qahramonlarni muhokama qildilar. Ayniqsa Tolibjon – bosh qahramon. Olim. Amaldorlar tayziqi bilan uzoq yillar davomida vatanidan olisda yashagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tugʻilib oʻsgan uyiga qaytgan, onasining taʼbiri bilan aytganda „baxtini tuproqqa koʻmib kelgan“ inson ekanligi aytib o'tildi.

🏆Bu asarda nechog'lik qiyinchilik bilan kechgan kishilar taqdiri, haqqoniy ko‘rsatilganligini bilib olishdi.


Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram | Instagram | Vebsayt |FacebookYouTube
#Bir_asar_tahlili

🏢 Ixtisoslashtirigan ta'lim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun ijod maktabining 7-"B"sinf oʻquvchilari bilan jadid adabiyotining yirik vakili Abdulla Qodiriy qalamiga mansub  "Mehrobdan chayon" asari tahlili boʻlib oʻtdi.
Dastlab tarbiyachi-pedagog N.Esanova adibning hayot faoliyati bilan oʻquvchilani tanishtirib oʻtdi.
Ortiqboyeva Jasmina tomonidan Qoʻqon xonligida sodir boʻlgan voqealar haqida batafsil maʼlumotlar keltirildi.
📚Shundan soʻng asar voqealari,qahramonlar taqdiri yuzasidan savol -javoblar oʻtkazildi.
📚Asar voqealari oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram | Facebook | 🌐 Veb-sayt | 🌐 Instagram | 📹 YouTube
#Bir_asar_tahlili
#Chol_va_dengiz

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

✅️Bugun ijod maktabining 7-"A"sinf oʻquvchilari bilan jahon adabiyotining yirik namoyondasi Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari tahlili boʻlib oʻtdi.
🌈Dastlab tarbiyachi-pedagog Sh.Soatova yozuvchining hayot faoliyati bilan oʻquvchilarni tanishtirib oʻtdi.
Noʻmonjonova Muslima tomonidan asarning mazmun-mohiyati yuzasidan badiiy talqinlar keltirildi.
📚Soʻngra asar voqealari, qahramonlarning kechinmalari va taqdiri yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.
Ushbu asar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

📌 Telegram l You Tube I Facebook l Instagram l
#Tog‘ay_Murod_tavalludining_ 77_yilligi

#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asari tahlil qilindi .

❇️Suhbat avvalida tarbiyachi-pedagog Abdullayeva Umida tomonidan O'zbekiston Xalq yozuvchisi Tog'ay Murodning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi. Yozuvchining "Otamdan qolgan dalalar" asari tahlil qilindi. Asarda o'z yurtida ro'shnolik ko'rmay, qalbi iztirobda, yelkasi oftobda kuygan dehqonlar hayoti ko'rsatib berilgan.

❇️Mashg'ulot so'nggida o'quvchilar xalqimizning turg'unlik yillarida nechog'lik qiynalganliklarini bilib oldi va o'zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube