Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Labirint

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️7-“B” sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Nazariy bilimlarini amaliy boshqaruvga yo‘naltirish" mavzusi ostida amaliy mashg’ulot o'tkazildi.

👨🏻‍💻O‘quvchilar yangi buyum yasar ekan, nafaqat uning intellektual bilimlari, balki zamonaviy texnologiyalarning yangi avlodini yara­tishga ishtiyoqi va qo‘l mehnati orqali mo‘jizalar yaratish mumkinligiga ishonchi ortadi.
Ko‘rgazmali va amaliy harakat bilan o‘zining salohiyatini aniqlash o‘quvchi uchun o‘zini ko‘rsatish va isbotlash imkonini beradi.

O‘quvchilar ushbu amaliyotda va jamoa bo‘lib topshiriqlarni bajarayotganida ham mexanikaning asoslarini tushunib yetadi va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus
#Kitobxon

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

✔️ 2-aprel – Butunjahon bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Do'stimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi tashkil etildi.

📚Aksiya doirasida o'quvchilar bir-birlariga o'zbek va jahon adabiyotlariga mansub durdona asarlardan sovg'a qilishdi.

➡️ Tadbir davomida maktabimiz o'quvchilari o'zlari sevib o'qigan kitoblar haqida o'z taasurotlarini aytib berishdi.

✔️Tadbirning asosiy maqsadi o'quvchi yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga koʻmaklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.


⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Besh_tashabbus
#Pionerbol_musobaqasi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

✔️ Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida

Sog' tanda-sog'lom aql

🏐7-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini tatbiq etish maqsadida sportning pionerbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

➡️ Musoboqa "Shunqorlar" va "Do'stlik" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

🥇Qizg'in va kutilmagan lahzalarga boy o'tgan ushbu musobaqada "Shunqorlar" jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdilar.

🏆Musobaqa g'oliblari maxsus esdalik sovg'alari va kubok bilan taqdirlandi.

⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#besh_tashabbus_amalda


🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Sport-sog‘lik garovi.

🌈Bugun ijod maktabining 9-"A" va 9-"B" sinf o'quvchilari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏀O‘quvchilar ikki guruhga bo'lingan holda o'yinni boshlashdi.
"Epchillar" jamoasi avvaliga shiddat bilan harakat qilishdi. Chaqqonlikni qo'ldan boy berishmadi.

💫So‘nggi daqiqalarda esa "Quvnoqlar" jamoasining qo‘li baland kela boshladi. Nihoyat, " Quvnoqlar" jamoasi g‘oliblikni uddalashdi.

🌈Tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova hamda jismoniy tarbiya ustozi A.Mirazimov hamkorligida o‘tkazilgan bu musobaqadan o'quvchilar juda katta taassurot olishdi.

⚡️Bu kabi sport musobaqalari bolalarning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib kamol topishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#besh_tashabbus_amalda

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

 ⚽️Bugun ijod maktabining 10-"B" sinf va 9-sinf o'quvchilaridan tuzilgan terma jamoalari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🔥O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi A.Mirazimov tomonidan " Maktab kubogi" nomli musobaqa tashkil etildi.

💫 Ikki jamoa o'rtasida boshlangan bellashuv juda qizg'in tus oldi. Har bir o'quvchi o'z jamoasi uchun mardonavor kurash olib bordi.

🏆Bellashuv so'ngida 10-"B" sinf o'quvchilari o'zlarining kuchli harakati bilan hisobda ancha sezilarli ko'rsatkich namoyon qilib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🌈O'quvchilar musobaqa davomida ancha jismonan chiniqib, bellashuvdan qizg'in taassurotlar olishdi.

⚡️ Ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Mirazimov Axror.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#besh_tashabbus_amalda

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi A.Mirazimov tomonidan "Shaxmat- aql gimnastikasi" shiori ostida musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada maktab o'quvchilari o'z faolliklarini ko'rsatib, aqliy salohiyatlariga tayangan holda qizg'in bellashuvlar olib borishdi.

🏆Musobaqa so'ngida 3 nafar o'quvchilar ba'zi ustunliklar bilan g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🥇11-"B" sinf o'quvchisi- Abdujabborov Umidjon
🥈8-"A" sinf o'quvchisi- Orziqulova Maftuna
🥉9-"B" sinf o'quvchisi- Zokirjonova Nozimabonu

💫O'quvchilar shiddatli va qizg'in kechgan bu musobaqadan juda ham ko'p taassurotlarga ega bo'lishdi.

⚡️ Ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Mirazimov Axror.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#Besh_tashabbus_Merganlik_mahorati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏹 "Kamondan o'q otish" sport turini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Navbatdagi kamondan o'q uzish mashqlarida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati  qo‘riqlash boshqarmasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlari ijod maktabi o'quvchilariga mahorat darsini o'tib berishdi.

🌟Mahorat darsida: har bir o'quvchiga,kamondan o'q uzish texnikasi, merganlikning siri va mo'ljalni aniq olish usullari, mashqlar davomida o'rgatildi

✒️Bu kabi harbiy sport mashg'ulotlarini o'tkazilishi yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik tuyg'usini oshirish bilan bir qatorda ularning bo’sh vaqtlarini unumli va mazmunli o’tkazishga xizmat qiladi.
  
Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I ✔️YouTube
#besh_tashabbus_amalda
#shaxmat_aql_charxi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabi 7-sinf oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda aqlini chiniqtirish, shaxmat boʻyicha qobiliyatlarini namoyon qilish maqsadida shaxmat musobaqasi oʻtkazildi.

Bunda shaxmatga qiziquvchi oʻquvchilar qatnashdilar. Ishtirokchilarga maʼlum sondagi yurishlar qilishlari uchun chegaralangan vaqt belgilandi.

Jarayon davomida oʻquvchilar kuchli ishtiyoq va oʻziga boʻlgan ishonch bilan dona surishdilar. Natijada har bir oʻquvchining oʻziga xos oʻyin taktikasiga ega ekanligiga guvoh boʻldik.

Tarbiyachi-pedagog
Abduraxmanova Irodaxon

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus_amalda
#shaxmat_aql_charxi

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida


Yoshlarni aqliy chiniqtirish,shaxmat sohasida qobiliyatlarini namoyon qilish maqsadida 7-sinf oʻquvchlari o'rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada shaxmatga qiziquvchi 20 nafardan iborat o'quvchilar qatnashdilar.Ishtirokchilarga ma'lum sondagi yurishlar qilishlari uchun chegaralangan vaqt belgilandi.
❇️ Jarayon davomida o'quvchilar kuchli ishtiyoq va o'ziga bo'lgan ishonch bilan dona surishdilar.Natijada har bir o'quvchining o'ziga xos o'yin taktikasiga ega ekanligiga guvoh bo'ldik.

Musobaqa g'oliblari :

🥇 1-o'rin Ortiqboyeva Jasmina
7-"B" sinf o'quvchisi.
🥈 2-o'rin Qosimova Gulchiroybegim 7-"A" sinf oʻquvchisi.
🥉 3-o'rin Xidirova Mahliyo
7-"B" sinf oʻquvchisi.

🏆 Musobaqa so'ngida g'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.


📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube
#Besh_tashabbus_amalda
#Sport_soglik_garovi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'quvchilarning jismonan chiniqtirish va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 9-,,A" sinf o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha ,,Sport sog'lik garovidir'' shiori ostida musobaqa tashkil etildi.
⭐️Voleybol 1895-yilda AQShda paydo boʻlgan. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.Hozirda yurtimizda ham voleybol ancha rivojlanib bormoqda.
⚡️Musobaqa avvalida o'quvchilar ,,To'maris" va ,,Nodirabegim" nomli ikki guruhga bo'lindi.Musobaqa juda katta shijoat bilan davom etdi.
🏆Musobaqa yakunida 2⃣:1⃣ hisobiga ko'ra ,,To'maris" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
💫Ushbu musobaqa o'quvchilarni yanada ahil va inoq bo'lishga chorlaydi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting👇

Telegram l Instagram l You tube
Fasebook l Veb-saytl
#Besh_tashabbus_amalda

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Besh muhim tashabbus – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi.
⚡️Ijod maktabida ham "Besh tashabbus amalda" shiori ostida turli faoliyatlar yoʻlga qoʻyilgan.
⚡️11-"A" sinf oʻquvchilari ham darsdan boʻsh vaqtlarini informatika fani oʻqituvchisi A.Toshmatov bilan samarali oʻtkazmoqdalar.
⚡️Bu mashgʻulotlarda oʻquvchilar IT sohasi boʻyicha boshlangʻich bilim olish bilan birga, grafik dizayn, Excel dasturida tez va samarali ishlash qobiliyatlarini mustahkamlamoqda.
⚡️Natijada yoshlarning zamonaviy dasturlar va ilovalar boʻyicha savodxonligi, soha boʻyicha ilmiy koʻnikmalari yanada oshib bormoqda.

⚡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I FacebookI Veb-sayt I Instagram I YouTube
#besh_tashabbus_amalda
#tennis_sport_òyini

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏀Yurtimizda yoshlarni ham ma'nan, ham jismonan chiniqtirish uchun besh muhim tashabbus ishlari har doim amalga oshirib kelinmoqda.

🎾Ikkinchi muhim tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.

⚡️Ijod maktabida bu borada o‘quvchilar sportning har xil voleybol, basketbol, shaxmat, shashka, tennis kabi turlari bilan shug'ullanib kelmoqda.

⚡️Bugun 8-"A"sinf o'quvchilari o‘zaro kichik stol tennis musobaqasi uyushtirishdi.

⚡️Musobaqada Z.Axmadova.,S. Hazratqulova,M G‘ofurova. M.Orziqulovalar faol ishtirok etishdi.
Musobaqa juda qizg'in bo‘ldi. M.Oziqulova g‘olib bo‘ldi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt