Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Tashrif
#Tajriba_almashish

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun Qonliko'l tumani hokimi Sultanov Bahram Beggeldiyevich boshchiligida Qonliko'l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i, Qonliko'l tumani ijtimoiy masalalar sohasi bo'yicha hokim o'rinbosarlari o'zaro tajriba almashish, ijtimoiy-madaniy, ta'lim va shu kabi  sohalar bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha ijod maktabimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar Ijod maktabida tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi muzey, maktabda tashkil etilgan qishki bog'lar, sinf va laboratoriya xonalari, qolaversa, ijod va amaliy to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⚡️Shu bilan bir qatorda, o'quvchilarimiz o'z qalamlariga mansub ijod namunalarini mehmonlarga taqdim etishdi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Zakovat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilari oʻrtasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
📚Avvalo, o'quvchilarga zullisonayn shoirning boy ma'naviy merosi va hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy maʼlumotlar berildi.
⚡️Soʻng buyuk mutafakkir ijodi yuzasidan "Zakovat" oʻyini uchun tayyorlangan 13 ta savollar 8-"A" sinfning "Tavhid", 9-"A" sinfning "Tafakkur", 10-"A" sinf oʻquvchilaridan shakllangan "Iqtidor" guruhlari oʻrtasida oʻynaldi. Bilimdonlik va chaqqonlik koʼrsatgan 9-"B" sinfning "Tafakkur" jamoasi intellektual oʻyin gʻolibi boʻldi.
⚡️Tayyorlangan loyiha Navoiy ijodi va faoliyatining yangi qirralarini ochib, oʻquvchilarda buyuk ajdodimizga bo'lgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qildi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yosh_ijodkor

***
Ohista tomchilab osmondan bu dam,
Borliq g‘uborini yuvarsan bekam,
Lek mening qalbimga solib dard-sitam,
Onam ko‘z yoshiga o‘xshaysan, yomg‘ir.

Darvoqe, yolg‘izlar yoqtirgay seni,
Har gal yog‘ganingda qiynaysan meni,
Qora bulutlardan zaminga enib,
Onam ko‘z yoshiga o‘xshaysan, yomg‘ir.

Mana, yana bu on tevarak sokin,
Bir-bir to‘kilasan ko‘zyoshday sekin,
Rosti, o‘ylarimda go‘zalsan, lekin
Onam ko‘z yoshiga o‘xshaysan, yomg‘ir.


Zamira Ahmadova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘qituvchisi


https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yosh_ijodkor

***
Tun yarmiga qolganda yetib,
Nogoh eshitildi ajib bir ovoz.
Tevarak-atrofdan sukunat ketib,
Zamin uzra yog'di yomg'irlar sharros.

Bulutlar ko'zyoshin tiymas ko'zidan,
Ohista urilar dimog'larga is.
Tomchilar tomchilar ko'ngil yuziga,
Naqadar yoqimli, naqadar nafis.


Xumora Abduxoliqova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Eko_school

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Eko school" guruhi aʼzolari biologiya fani oʻqituvchisi boshchiligida Boyovut tumani 19-umumtaʼlim maktabiga "Ekomaktab" loyihasi boʻyicha tajriba almashish maqsadida borishdi. Sayohat davomida maktab direktori Muxtaram Xasanova yetishtirayotgan turli manzarali, mevali daraxt koʻchatlari, noyob oʻsimlik turlarini yetishtirish, parvarishlash sirlari toʻgʻrisida oʻquvchilarga tushunchalar berdi.
🖥Tashkil etilgan ushbu loyiha guruh aʼzolarini tabiatga boʻlgan mehrini yanada kuchaytirish bilan birga bilimlarini oshirishga ham xizmat qildi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM