Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani bo'yicha oliy toifali o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinfiga "Rasm asosida matn yaratish. Shaxs otlari va shaxs nomlari" mavzusidaт dars o'tdi.

🖥 Dars zamonaviy turdagi axborot texnologiyalari vositasida o'tkazildi.

Shohsanam Qarshiyeva dars davomida "O'yla, izla, top", "Savodxonlik vaqti" ta'limiy o'yinlaridan foydalandi. Shuningdek, noan'anaviy tarzda o'tkazilgan darsda 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan tabriknoma yo'llash, tabrik xati tayyorlash kabi topshiriqlar ham bajarildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023 yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovida siz ham faol ishtirok eting!

🔰Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: https://admission.eyuf.uz.
Qo‘shimcha savollarga javoblarni
(71 203 14 41, 71 203 00 47,
71 203 00 48, 71 203 00 53) telefon raqami yoki
Jamg‘armaning https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot rasmiy bot kanali orqali shuningdek, [email protected] elektron pochta manzili orqali olish mumkin.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni o‘z tanlovlarida kutib qoladi!

📲SIRDARYO_HAYOTI
#Birinchi_renessans
#Viktorina

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7️⃣-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Birinchi Renessans - ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” g‘oyasi ostida o‘sha davrda yaratilgan ma’naviy merosdan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish uchun ijod maktabida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida viktorina o‘yini o'tkazildi.

⚙️ Viktorinada "Qaqnus", "Dinamit", "Idrok", "To'maris avlodlari" jamoalari faol ishtirok etishdi.

🔵Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni "Dinamit" jamoasi egalladi.

➡️ O'quvchilar kо‘nglidan joy olgan mazkur viktorinani kelgusida ham davom ettirishga o'zaro kelishib olindi. Ertamiz egalari ushbu viktorinaning keyingi bosqichlarida ham faol ishtirok etish istagini bildirishi esa yanada quvonarli bo'ldi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌐 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#Ona_tilim
#Luģat_turlari

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

🌟"O'zbek tili – milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida 8-sinf o'quvchilariga tarbiyachi-pedagog Maxsuda Xolmatova lug'at turlari bo'yicha mashg'ulot o'tdi. Mashg'ulot davomida lug'atning 2 turga:
a) qomusiy lug'atlar ;
b) lingvistik lug'atlar
ga bo'linishi haqida, shu bilan birgalikda lug'atlarda so'zlarning alifbo tartibida joylashishi va muayyan sohaga xizmat qilishi xususida so'zladi.

📚Qomusiy lug'atlarning sohasi narsalar, tarixiy shaxslar, geografik nomlar haqida ma'lumot berishi, lingvistik lug'atlar esa shu tilning barcha lug'aviy birliklarini o'z ichiga olishi va ularning ma'nosi, grammatik va boshqa xususiyatlari haqida ma'lumot berishini ta'kidlab o'tdi.

🎯Mashg'ulot davomida o'quvchilar qiziqtirgan savollarga javob olishdi va lug'atlar bilan tanishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarlarda:

| Telegram | Facebook | Instagaram | | You tube |