Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Shaxsiy_gigiyena

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

👩‍⚕ Ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchilari, maktab shifokori O.Esanova va maktab hamshirasi G.Hamidovalar bilan birgalikda "Shaxsiy gigiyena" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

❇️ Suhbat davomida shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq ekanligi, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, mehnat va dam olishni toʻgʻri tashkil etish hamda toza-ozoda yurish haqida gapirildi.

O'quvchilar gigiyena haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va shaxsiy gigiyena borasidagi bilimlarini mustahkamlashdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Ona_tilim_faxrim


🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚 O'zbek tili bayramiga bag'ishlab "O'zbek tili-milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida "Ona tilim—faxrim" mavzusida 8-"B" sinf o'quvchilari oʻrtasida bellashuv o'tkazildi.Bu bellashuv quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
1. Til haqida maqollar aytish
2. Lug'at diktant
3. Onamga maktub
4. Iboralar mazmunini sharhlash

📝1- shart boʻyicha oʻʻquvchilar o'zbek xalqining til haqidagi qator maqollarini aytishgan boʻlsa, ikkinchi shartda tarbiyachi-pedagog tomonidan imlosi qiyin bo'lgan so'zlardan lug'at diktant olindi.
Navbatdagi shartda onalariga maktub yozishib, o'z qo'llari bilan yasagan xat jildlariga solishdi va bunda ishlatgan iboralar mazmunini sharhlashdi.

🥇Baratova Sevinch barcha shartlardan yuqori natija koʻrsatib, g'olib bo'ldi.

🧮 Bellashuvda barcha o'quvchilar faol ishtirok etdilar. 

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#Dastur_ijrosi_amalda
#Tõmaris_izdoshlari

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏹Yoshlarimizni jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lib yetishishlari hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil sport mashg'ulotlari va qator musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.  Xususan, ijod maktabimiz va  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "To'maris izdoshlari" shiori ostida kamondan o'q otish musobaqasi ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Shuningdek, ushbu musobaqa Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati bilan hakmorlikda tashkil etildi.

🌟Ushbu musobaqada har ikkala tomon ishtirokchilari ham o'zlarining kamondan o'q otish mahoratlarini namoyon etdilar va natijada do'stlik g'alaba qozondi.
  
🎯Bizni kuzatishda davom eting! 

👉Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I ✔️YouTube
#hamkorlik

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔰 Abdulla Oripov ijod maktabidan kelgan o'quvchilar hamda Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida dutor, doira va gitara cholg'u asboblari bilan musiqiy kecha tashkil etildi.

🎼 Ikkala maktab o'quvchilari ham o'z maktablaridagi "Musiqa to'garagi"da o'rgangan kuy va qo'shiqlarni ijro etishdi. Abdulla Oripov ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari Abdurasulov Javohir va Abdusamatov Behruzxonlar gitara va doira cholg'u asboblari bilan ajoyib kuy qo'shiqlar ijro etdilar.

🪕Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Xudoyberdiyeva Ma'suma ham dutor bilan ajoyib kuylar chalib, davrani jonlantirdi.

Musiqiy kecha barchada ajoyib taassurot qoldirdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube