Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
773 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
179 files
3.19K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus_yoshlarga_qanot
#kompyuter_savodxonligi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎗Bugun ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari bilan yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazildi.
💫 Mashgʻulotda oʻquvchilar Excel dasturi asosida turli matnlar yaratishdi. Oʻquvchilar matn yaratish bilan birgalikda turli jadvallarni Excel dasturining qulayliklari asosida amalga oshirishdi va "Sodda ifodalarni hisoblash" mavzusida turli misollar ishlashdi.
💫Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar Excel ishchi menyusi boʻlimlari,dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalar haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Davra_suhbati

🏢 Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📖 21- oktabr Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan 10- sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️Suhbatda pedagog-tarbiyachi tomonidan oʻzbek tilining tadrijiy taraqqiyoti toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar, davlat tili maqomining huquqiy asoslari yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi.
⚡️Oʻquvchilar til - insonning yuksak madaniyatini, chuqur bilimini, tafakkurini namoyish qiluvhi vosita ekanligi, undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz zarurligini taʼkidlab, hozirgi kunda oʻzaro soʻzlashuv va yozma savodxonlikda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va xatolar toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

❇️ Mashgʻulot foydali va samarali boʻldi.

Bizni kuzatishda davom eting

♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram |Facebook |Web-sayt| Instagram |You Tube
#Besh_tashabbus
#Teatr_spektakl

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

5️⃣Besh tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida besh tashabbusni keng targʻib qilish boʻyicha ijod maktabida ham tizimli ishlarni tashkil etib kelinmoqda.

7️⃣-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  ijod maktabida "Sehrli olam" nomli sahnalashtirilgan spektakl tashkil etildi.

➡️ Sahnalashtirilgan spektakl o‘quvchilarning teatrga qiziqishini orttirish maqsadida "Besh muhim tashabbus" asosida ishlab chiqilgan.

👩‍👩‍👧‍👧O‘quvchilar har bir mashg‘ulotni bevosita besh tashabbus bilan bog‘lab o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon qilishadi. Ya‘ni har bir mashg‘ulot mavzusini bitta tashabbusga yoki bir nechta tashabbusga bog‘lab, amalda qo‘llab ko‘rsatishadi. Bu esa o‘quvchilarning e‘tiborini jamlaydi, ijodiy yondoshishga undaydi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌐 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#Davra_suhbati
#Uch_avlod_uchrashuvi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

🔅Ijod maktabining 8-sinf va 9-sinf o'quvchilari bilan Vatanni sevish va tinchlikni qadrlash maqsadida "Vatan muqaddas, Uni himoya qilish sharafli burch!" shiori ostida Sirdaryo viloyati "Faxriylar kengashi" raisi zahiradagi podpolkovnik B.H. Abdualimov zahiradagi podpolkovnik, viloyat jamoatchilik kengashi  bo'linma mutaxassisi  A.V. Muhammedjanov va 532 SCHR  batalyoni komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari, mayor A.A. Abdurasulov bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

👩‍🎓Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari o'zlarining Vatanparvarlikni madh etuvchi she'rlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladilar.

O'quvchilarning savollariga batafsil javob berib, ijod maktabi CHQBT rahbari U.M. Aynabekov: "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni",- deya suhbatni yakunladi.


🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube