Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
779 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
180 files
3.2K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mutolaa_zavqi
#Kino_va_asar

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📘 Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan "Mutolaa zavqi" toʻgaragida Ch. Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari mutolaa qilindi.
💫 Asarni oʻqish jarayonida bosh qahramonlar taqdiri, ichki kechinmalari, oila muqaddasligi, xiyonatning oqibatlari, Boytemirning mard va olijanob fazilatlari haqida mulohazalar yuritildi.
☀️ Shundan soʻng, Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan asar syujeti asosida suratga olingan badiiy film tomosha qilindi.
⚡️Yakunda oʻquvchilar qissa va film talqinidagi oʻxshash va farqli tomonlar, kinoning imkoniyatlari boʻyicha fikr almashdilar.
Mashgʻulot qiziqarli va samarali boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Bir_asar_tahlili

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Ijod maktabining 11-A sinflari oʻrtasida Abdulla Qodiriyning ijodiy merosi "Oʻtkan kunlar" romani yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.
Avval oʻquvchilar asarni qisqacha bayon etishdi. Soʻngra mazkur asar oʻquvchilar oʻrtasida keng qamrovda muhokama qilindi. Ularning qarashlari yuzasidan asarning bosh qahramonlari Otabek, Kumush va Zaynablarning hayot yoʻllari koʻp eʼtiroz va savollarni keltirib chiqardi va o'quvchilarni bahs -munozaralariga sabab bo'ldi.
Jarayon davomida Hamraqulova Shahzoda Kumush obrazini yaratdi va Otabekka yozgan xati ifodali oʻqib berdi.
Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar asar yuzasidan oʻz bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Ona_tili_millat_koʻzgusi
#Oʻzbek_tilining_izohli_lugʻati


🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 10- sinf oʻquvchilari bilan "Ona tili - millat koʻzgusi" shiori ostida mashgʻulot oʻtkazildi.
📖 Mashgʻulot avvalida tarbiyachi-pedagog H.Gaffarova oʻzbek tilining izohli lugʻatiga kiritilgan oʻzgartirishlar, keng isteʼmolda boʻlgan soʻz va soʻz birikmalari, fan, sanʼat, madaniyat hamda texnika sohalariga oid terminlar haqida tushuncha berdi.
🔖 Oʻquvchilar lingvistik lugʻatlar yuzasidan "Soʻzli tasavvurlar" metodi asosida berilgan savollarga qisqa vaqt ichida javob berishdi. Shuningdek, zukko va bilimdon oʻquvchilarimiz lugʻat soʻzlarning ma'nolarini sharhlab, izohlab berishdi.
📌 Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar oʻzbek tilining naqadar boy va mukammal til ekanligiga yana bir bor amin boʻlishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Balli_qizlar_tanlovi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

Ijod maktabimizda 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi  bo'lib o'tdi.
Ushbu ko'rik tanlovda umumiy 4 ta jamoa a'zolari: tanishtiruv,  erkin mavzu hamda pazandachilik shartlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Har bir jamoa ishtirokchilari tanlov davomida o'zlarining topqirliklari, epchil va chaqqonliklarini namoyon etib, ushbu ko'rik- tanlovning ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga hissa qo'shdilar.

🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |