Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Vatanimiz_sarhadlari_bõylab_sayohat

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔠 Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari bilan mehmonlarni o'ziga jalb etmoqda.

🌈 Yoshlarimizda Vatanimizning muqaddas qadamjolari haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 7- sinf o'quvchilari Jobir ota va uning rafiqasi Xadicha bibi ziyoratgohiga sayohatga borishdi.

➡️ Sayohat yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌐 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#21_oktabr_til_bayrami
#Mahmud_Qoshğariy_birinchi_tilshunos

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚8-"B" sinf o'quvchilari bilan Mahmud Qoshg'ariy — qomusiy olim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mahmud Qoshg'ariy "Devon-u lug'atit -turk" asarini 15 yil davomida bitgan. Bu asarda sakkiz mingdan ortiq turkiy so'zlarni to'plab ma'nolari izohlangan. Bu asarda turkiy xalqlarning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar yozib qoldiranganligini tarbiyachi-pedagog ta'kidlab o'tdi.

🧩Mashg'ulot davomida o'quvchilar O'zbekkino milliy agentligining "Javohir" ko'rsatuvi orqali tilshunos olim Jo'ra Xudoyberdiyevning asar haqidagi fikrlarini tinglashdi.

🎯YUNESCO BMTning Ta'lim, ilm-fan va madaniyat bo'yicha bo'limi 2008-yilni Mahmud Qoshg'ariy yili deb e'lon qilgan.

🔰Mashg'ulot qiziqarli o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Qizlar_klubi
#Xalqaro_qizlar_kuni

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 Maʼlumki, oʻquvchi qizlarning maʼnaviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy anʼanalarimizga sodiq va sharqona odob- axloq ruhida tarbiyalash, kelgusida mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida taʼlim muassasamizda "Qizlar klubi" faoliyat olib bormoqda.
11- oktabr -"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan ushbu klubning "Qizlarning jamiyatdagi oʻrni" mavzusida navbatdagi mashgʻuloti tashkil etildi.
⚡️Munozara tarzida uyushtirilgan bu tadbirda millat tarbiyachilarining huquq va erkinlari, jamiyatdagi oʻrni, davlat boshqaruvidagi ishtiroki klub sardorlari tomonidan taqdimot qilindi.
💫Namoyish etilgan taqdimotlar yuzasidan tajribali ustozlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |