Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Tashrif

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti direktor o'rinbosari, Respublika "Oqila ayollar" harakati raisi, pedagogika fanlari doktori, professor Musurmanova Aynisa Musurmanovna ijod maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ijodkor o'quvchilar bilan suhbatlashdi.
Xalqimizning suyukli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan tanishib, shoira bilan bo‘g‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan to'garaklar jarayoni bilan tanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Kitob_taqdimoti
#Oʻqish_madaniyatini_mahoratini
shakllantirish

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 23- sentyabr sanasida kutubxonada 8-sinf kutubxona foydalanuvchilari oʻrtasida axborot madaniyatini va mahoratini shakllantirish maqsadida Gʻofur Gʻulom asarlari boʻyicha ''Kitoblar taqdimoti ʼʼ nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📚📚 Taqdimotda ''Shum bola'' qissasi haqida maʼlumot berib oʻtildi. Oʻquvchilar bu qissa haqida oʻz fikrlarini bildirdilar bir-birlari bilan fikr almashdilar.

⚡️ Taqdimot soʻngida oʻquvchilar asar obrazlari boʻyicha poetik tahlillar qilishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Bir_asar_tahlili
🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun ijod maktabining 10-"B"sinf oʻquvchilari millatparvar shoir,mohir tarjimon,oʻzbek nasr ijodiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkor Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning "Kecha va kunduz"asarini oʻqib chiqishdi.
Oʻquvchilar asardagi mehnatkash xalqning,xususan, xotin-qizlarning ogʻir kulfatu mashaqqatlarga toʻliq hayoti, Zebi,Qurbonbibi,Razzoq soʻfi va asardagi mavjud tuzumning illatlarini tahlil qilishdi.
📘 Shu bilan birgalikda "Oʻzingni sinab koʻr "metodi asosida berilgan savollarga ham javob berdilar.

📗 Asar soʻngida oʻquvchilar oʻzlariga kerakli xulosalarga ega boʻlishdi .
Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Ğoliblik_muborak

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚📚Bugun o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovning shahar bosqichida ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Eshqulova Gulsanam hamda 10-sinf o‘quvchisi Jabborova Dilnoza g’oliblikni qo’lga kiritib, viloyat bosqichiga yo’l oldi. Muvaffaqiyatga erishgan "Yosh ijodkorlar" to’garagi a'zolariga keyingi bosqichda ham omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube